icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Hyundai Motor Group”, “Kia” va “Hyundai Rotem” kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi

15.09.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Seul shahriga tashrif doirasida “Hyundai Motor Group” strategiya bo‘yicha prezidenti Kim Son, “Kia Motors” katta vitse-prezidenti Cho San Un va “Hyundai Rotem” direktorlar kengashi raisi Li Yon Be bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Kompaniyalar guruhining Oʻzbekistonda avtomobil va transport sohalarini rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasi yuqori baholandi. Jizzaxda tashkil etilgan avtomobil klasterida ishlab chiqarishni kengaytirish va avtomobil butlovchi qismlarini mahalliylashtirish darajasini oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

“Kia” avtomobillarini ishlab chiqarishning toʻliq zanjiri yoʻlga qoʻyilayotgani va eksport hajmi ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yangi rusumdagi avtomobillar ishlab chiqarishni boshlash va presslash sexini ishga tushirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, elektr va gibrid avtomobillar yigʻishni yoʻlga qoʻyish istiqbollari koʻrib chiqildi.

Yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Hyundai Rotem” poyezdlari Toshkent – Xiva yoʻnalishida qatnay boshladi va yoʻl vaqtini ikki barobar qisqartirdi. Kompaniya tomonidan qoʻshimcha poyezdlarni yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.

Mamlakatimizda “Hyundai Rotem” servis markazini tashkil etish, butlovchi qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda elektr dvigatellari uchun magnitlar ishlab chiqarish masalasini oʻrganish muhimligi taʼkidlandi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo