icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri bilan uchrashdi

15.09.2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida 15-sentabr kuni Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Cho Chjon Shik bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston – Koreya alohida strategik sheriklik munosabatlarini ilgari surishda ikki mamlakat parlamentlari muhim o‘rin tutayotgani ta’kidlandi.

Parlamentlararo “do‘stlik guruhlari” faol ish olib bormoqda, parlament delegatsiyalarining muntazam tashriflari amalga oshirilmoqda, qonun chiqaruvchi organlarning tegishli qo‘mitalari o‘rtasida samarali tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.

Milliy Assambleya va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkala palatasida “Elektron parlament” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Oliy darajada erishilgan, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarning amalga oshirilishi ustidan parlament monitoringini ta’minlash maqsadida o‘zaro hamkorlik mexanizmini yaratish zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida 2027-yilda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 35-yilligi munosabati bilan “parlament diplomatiyasi” yo‘nalishida bir qator tadbirlar o‘tkazishga kelishib olindi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo