icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Prezidentlari alohida strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqishga tayyorligini tasdiqladilar

14.09.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Seul shahrida Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon bilan tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar aʼzolari ishtirokida muzokara oʻtkazdi.

Oʻzbekiston – Koreya alohida strategik sherikligini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Koreya Respublikasi Prezidenti davlatimiz rahbarini samimiy qutlab, ushbu tashrif ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstlik va oʻzaro hurmat tamoyillari asosida rivojlanib kelayotgan munosabatlar tarixida muhim voqea ekanini qayd etdi.

Oʻz navbatida, Oʻzbekiston yetakchisi Koreya Respublikasi oʻtgan yillar davomida yurtimizning ishonchli doʻsti va eng muhim iqtisodiy hamkorlaridan biriga aylanganini taʼkidladi.

Bu borada tovar aylanmasi va investitsiyalar koʻrsatkichlari oʻsib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻzbekistonda Koreya sarmoyasi ishtirokidagi 700 dan ortiq qoʻshma korxona faoliyat yuritmoqda. 

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi, Eksimbanki va “EDCF” jamgʻarmasi bilan hamkorlik doirasida tibbiyot va sogʻliqni saqlash, sanoat, AKT, qishloq va suv xoʻjaligi, energetika, infratuzilma, taʼlim sohalarida oʻnlab loyihalar amalga oshirilmoqda.

Muzokaralar davomida parlamentlar, vazirlik va idoralar, hudud rahbarlari hamda ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi aloqalarni faollashtirish zarurligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari Koreya Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirishning beshta ustuvor yoʻnalishini aytib oʻtdi.

Bular – savdo aloqalarini kengaytirish, investitsiyalar hajmini oshirish, muhim minerallar, transport va infratuzilma sohalarida hamkorlikni rivojlantirish.

Joriy tashrif yakunlari boʻyicha investitsiya portfeli koʻlami yanada kengayadi. Xususan, umumiy qiymati qariyb 12 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar tayyorlangan. Koreya Eksimbanki bilan Strategik hamkorlik dasturi qabul qilingan.

Tomonlar Koreyaning ilgʻor texnologiyalari hamda Yangi Oʻzbekistonning resurslar va sanoat borasidagi salohiyatiga asoslangan mustahkam innovatsion va texnologik alyansni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratdilar.

Alyans faoliyatini axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik sohalari hamda tibbiyot, sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sanoatida yuqori texnologiyali va raqamli yechimlarni joriy etish kabi ustuvor yoʻnalishlarga qaratish taklif etildi.

Harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, idoralararo aloqalarni kengaytirish, qoʻshma tadbirlar tashkil etish va harbiy mutaxassislarni oʻqitishga tayyorlik bildirildi.

Tashrif arafasida ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik tarixida ilk bor oʻtkazilgan Hududlararo forum natijalari yuqori baholandi. Keyingi forumni Samarqand shahrida oʻtkazishga kelishib olindi.

Prezidentlar muzokaralar davomida taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida urgʻu berdilar.

Oʻzbekistonda Janubiy Koreya universitetlarining toʻrtta filiali faoliyat yuritib, pedagogika, AT, muhandislik, raqamli texnologiyalar hamda zamonaviy iqtisodiyotning boshqa ustuvor yoʻnalishlarida yuqori malakali kadrlarni tayyorlayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Bundan tashqari, Oʻzbekistonda KOICA koʻmagida tashkil etilgan 5 ta kasb-hunarga oʻqitish markazi samarali faoliyat yuritmoqda. Ushbu markazlar yoshlarimizga kelgusida qobiliyati va salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirishiga keng imkoniyatlar taqdim etmoqda.

Kadrlar tayyorlash boʻyicha amaliy tajriba almashishda ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi muhim oʻrin tutishi alohida taʼkidlandi.

Munosabatlarni rivojlantirishda xalqlar oʻrtasidagi oʻzaro anglashuv va doʻstlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qiladigan madaniy almashinuv muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar.

Davlatimiz rahbari koʻp sonli koreys diasporasi Oʻzbekiston koʻp millatli oilasining ajralmas qismi hamda mamlakatlarimiz va xalqlarimiz oʻrtasidagi “maʼnaviy koʻprik” ekanini taʼkidladi.

Ushbu oʻziga xos gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida 2027-yilni “Madaniyat va oʻzaro almashinuvlar yili” deb eʼlon qilish hamda qoʻshma madaniy-gumanitar tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Yakunda muhokama qilingan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan tomonlarning pozitsiyalari yaqinligi ham tasdiqlandi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo