Oʻzbekiston Prezidenti Koreya Respublikasining Milliy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi
14.09.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yurt ozodligi va mustaqilligi yoʻlida jon fido qilgan vatanparvarlar xotirasiga ehtirom koʻrsatishdan boshlandi.
Davlatimiz rahbari rafiqasi bilan birga Seuldagi Milliy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Xotira ustuni poyiga gulchambar qoʻydi hamda Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi.


