icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston Prezidentining Serbiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi

08.09.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi.

Belgrad shahridagi Nikola Tesla nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonlarni Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich va rafiqasi kuzatib qoʻydi.

Prezidentimizning Serbiyaga ilk rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi bosqichni boshlab berdi. Muzokaralar yakunlari boʻyicha davlat rahbarlari Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani imzoladilar. Bundan tashqari, ustuvor yoʻnalishlarda erishilgan kelishuvlarni mustahkamlagan salmoqli hujjatlar toʻplami almashildi.

Mamlakatimiz yetakchisiga Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordenini tantanali ravishda topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, Belgrad koʻchalaridan biriga “Toshkent” nomi berildi.

Ishbilarmonlik dasturi doirasida ikki davlat rahbarlari qoʻshma biznes forumida ishtirok etdilar.

Rasmiy tashrif yakunlangach, Oʻzbekiston Prezidenti Toshkentga joʻnab ketdi.

Serbiya havo hududida oliy martabali mehmonning samolyotiga ushbu mamlakat Harbiy havo kuchlarining qiruvchi uchoqlari hamrohlik qildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo