icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston va Serbiya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarni hamkorlikning yangi bosqichiga olib chiqdilar

08.09.2026

Belgraddagi Serbiya saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning yuzma-yuz va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston va Serbiya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Serbiya yetakchisiga samimiy qabul va mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildirib, Oʻzbekiston Prezidentining Belgradga ilk tashrifi mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlarda yangi bosqichning boshlanishi sifatida tarixga kirishini taʼkidladi.

Siyosiy muloqot, parlamentlararo aloqalar, savdo-iqtisodiy hamkorlik hamda ishbilarmonlik va gumanitar almashinuvlar faollashgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Kelajakda diplomatik vakolatxonalar ochilishi va parlamentlararo forum tashkil etilishi munosabatlarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalar hamkorlikning mustahkam poydevoriga aylanmoqda. Yil boshidan buyon yuqori darajadagi delegatsiyalar ishtirokida qator iqtisodiy tadbirlar muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Kecha Hukumatlararo komissiyaning birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bugun ikki mamlakatning yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida Oʻzbekiston – Serbiya biznes forumi oʻtkaziladi.

Oʻzaro savdo hajmini birinchi navbatda talab yuqori boʻlgan tovarlar yetkazib berishni kengaytirish hisobiga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Bu borada Erkin savdo toʻgʻrisidagi bitimni ishlab chiqish va qabul qilish, standartlashtirish sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, oʻzaro koʻrgazmalar tashkil etish muhimligi taʼkidlandi.

Bundan tashqari, kelgusi yili Oʻzbekiston Belgrad shahrida boʻlib oʻtadigan “EXPO-2027” xalqaro koʻrgazmasida oʻzining milliy pavilyoni bilan faol ishtirok etishi qayd etildi.

Transport va logistika, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika, tibbiyot va raqamli iqtisodiyot kabi ustuvor yoʻnalishlarda yangi qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi. Avtomobil qismlari, uskunalar, elektr texnika va elektronika ishlab chiqarish borasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligi taʼkidlandi.

Barcha kelishuvlarni sifatli amalga oshirish maqsadida 2026-2028-yillarga moʻljallangan sanoatda sheriklikni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma harakatlar rejasi qabul qilindi.

Hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligi xususida so‘z bordi. Yetakchilar Samarqand viloyati va Voyevodina hamda Samarqand va Novi-Sad shaharlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatilganini olqishladilar.

Gumanitar sohada taʼlim, madaniyat, sport va turizm yoʻnalishlarida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha tashabbuslar ilgari surildi. Madaniyat kunlari, kino, teatr va musiqa festivallarini birgalikda oʻtkazish hamda sport federatsiyalari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni rivojlantirishga kelishib olindi.

Tartibli mehnat migratsiyasi masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Serbiya tomoni ushbu sohada tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qiziqishi yuqori ekani qayd etildi. Prezidentlar tashrif doirasida Mehnat mobilligi va migratsiyasi toʻgʻrisidagi bitim qabul qilinganini olqishladilar.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, jumladan, koʻp tomonlama tuzilmalar doirasida oʻzaro qoʻllab-quvvatlash yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.

Erishilgan kelishuvlar, qabul qilingan qaror va bitimlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida keng qamrovli “yoʻl xaritasi” qabul qilinadi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo