
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida
25.08.2017
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 1-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2017-yil 24-avgustda ma’qullangan
1-modda. Dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni etib belgilansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.Mirziyoyev