Oʻzbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vaziri Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar
30.08.2026
Oʻzbekiston – Hindiston oliy darajadagi muzokaralari yakunlangach, birgalikda daraxt ekish marosimi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Narendra Modi Koʻksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar.
Marosim mamlakatlarimizning koʻp qirrali munosabatlarida yangi bosqich boshlangani hamda ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlikni mustahkamlashga qatʼiy intilishning ramzi boʻldi.


