22.08.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniMamlakatimiz iqtisodiyotida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish, ustuvor tarmoqlardagi muhim dasturlarni hayotga joriy etishda ko‘p qirrali va samarali hamkorlikni shakllantirish va mustahkamlashga, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi tub o‘zgarishlar jarayoniga munosib hissa qo‘shayotgani, shuningdek, yirik investitsiya va infratuzilma loyihalarini ro‘yobga chiqarish borasidagi faol ishtiroki, Yangi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va nufuzini oshirish yo‘lidagi ulkan sa’y-harakatlari hamda do‘stlik va o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab kelayotgani uchun quyidagilar mukofotlansin:
“Do‘stlik” ordeni bilan
Ivan Sao - “BYD Auto” kompaniyasining Yevropa sotuv bo‘limi bosh direktori o‘rinbosari
Klod Imoven - Fransiyaning “MEDEF International” harakatining O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi
Masayoshi Fujimoto - “Sojitz” kompaniyasi direktori
Sabine Maxl - BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori
Turaman Sinan - Shayxontohur tumanidagi “Outdoor Factory Toshkent” mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Toshkent shahri
II darajali “Salomatlik” ordeni bilan
Qahorova Nilufar Hamroyevna - AQSHning Garvard universiteti huzuridagi Boston bolalar shifoxonasi loyiha menejeri
Yuldasheva Nodira Muxamedovna - Kanadaning Toronto shahridagi Kanadadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi asoschisi, “Sog‘lom yo‘l” tibbiy va diagnostik markazi rahbari
“Shuhrat” medali bilan
Abdullayeva Shahlo Abdirashidovna - Koreya Respublikasining Kvangju shahridagi Migrant ayollar huquqlarini himoya qilish va ta’lim berish markazi rahbari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev


