icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezidentimiz aeroport va temir yo‘lni bog‘laydigan O‘zbekistondagi birinchi loyiha bilan tanishdi

17.08.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch xalqaro aeroporti va Xiva temir yoʻl bekatini bogʻlaydigan yangi temir yoʻl liniyasi bilan tanishdi.

Mamlakatimizda transport infratuzilmasini rivojlantirish, turli transport turlarini oʻzaro bogʻlash, aholi hamda sayyohlar uchun qulay qatnov tizimini yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xorazm viloyatida amalga oshirilgan mazkur loyiha ham shu maqsadlarga xizmat qiladi.

Qiymati 225 milliard soʻm boʻlgan loyiha doirasida Urganch xalqaro aeroporti va temir yoʻl vokzalini bogʻlovchi 11 kilometrlik yangi temir yoʻl liniyasi qurildi. Unda bir bekat, koʻprik, avtomobil yoʻllari bilan kesishmalar va 25 ta suv oʻtkazish inshooti barpo etildi.

Yangi yoʻnalish orqali yiliga qariyb 650 ming nafar mahalliy va xorijlik sayyohni tashish imkoniyati yaratildi. Xiva va Urganch oʻrtasidagi qatnov vaqti ikki barobar qisqarib, 80 daqiqadan 40 daqiqaga tushadi. 30 ga yaqin yangi ish oʻrni tashkil etildi.

Eʼtiborlisi, aeroport va temir yoʻlni bevosita bogʻlaydigan bunday loyiha mamlakatimizda birinchi marta amalga oshirildi. Urganch xalqaro aeroporti – Xiva yoʻnalishida Xitoyda ishlab chiqarilgan CR200J elektropoyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyilmoqda.

Olti vagondan iborat mazkur elektropoyezd bir vaqtning oʻzida qariyb 400 nafar yoʻlovchini tashish imkoniyatiga ega. U soatiga 160 kilometrgacha tezlikda harakatlanadi. Vagonlarda VIP, biznes va ekonom-klass oʻrinlari, bepul Wi-Fi, elektron qurilmalarni quvvatlash imkoniyati, zamonaviy konditsioner va isitish tizimlari mavjud. Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ham zarur sharoitlar yaratilgan.

Davlatimiz rahbari yangi elektropoyezdda Xiva shahriga keldi.

Xivada Prezidentimiz Urganch xalqaro aeroporti va Xiva temir yoʻl vokzalini bogʻlaydigan yoʻnalishda qatnovga qoʻyiladigan yangi trolleybuslarni ham koʻzdan kechirdi.

Joriy yil iyul oyida Xitoydan olib kelingan 10 ta trolleybus zamonaviy avtonom harakatlanish tizimi bilan jihozlangan boʻlib, elektr tarmogʻiga ulanmagan holda ham 100 kilometrgacha yoʻl bosishi mumkin.

Har bir trolleybus 87 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan. Ularda nogironligi boʻlgan shaxslar, keksalar va bolali yoʻlovchilar uchun qulayliklar, USB va Type-C portlari, ichki va tashqi kuzatuv kameralari oʻrnatilgan. Shuningdek, haydovchi holatini kuzatish, harakat yoʻlagidan chiqib ketishdan ogohlantirish va avtomatik yongʻin oʻchirish kabi xavfsizlik tizimlari mavjud.

Ushbu zamonaviy transport vositalarini olib kelish tashabbusi Prezidentimizning oʻtgan yilgi Xorazm viloyatiga tashrifi davomida ilgari surilgan edi.

Davlatimiz rahbari transport turlarini oʻzaro uygʻunlashtirish aholi va sayyohlar uchun qulaylik yaratish, yoʻlga ketadigan vaqtni qisqartirish hamda hududning turistik jozibadorligini oshirishga xizmat qilishini taʼkidladi. Mutasaddilarga yoʻlovchilar uchun xavfsiz va sifatli xizmat koʻrsatishni taʼminlash boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo