icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjonning mintaqaviy hamkorligini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi

31.07.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-iyul kuni Qirgʻiziston Respublikasining Choʻlponota shahrida boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.

Tadbirda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdilar.

Davlat rahbarlari Markaziy Osiyo va Ozarbayjon mamlakatlari va xalqlarining barqaror rivojlanishi, iqtisodiy taraqqiyoti, xavfsizligini taʼminlash hamda farovonligini yuksaltirishga doir dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Oʻzbekiston yetakchisi soʻzining avvalida norasmiy sammitni oʻtkazish tashabbusi va Issiqkoʻl sohilidagi iliq qabul uchun Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga ham Maslahat uchrashuvlari formatida samarali raislik qilayotgani uchun tashakkur izhor etildi.

Mintaqa mamlakatlari mustaqilligining 35 yillik bayramlarini nishonlash arafasida har birining davlatchilikni barpo etish, iqtisodiy oʻsish va milliy tiklanish borasida erishgan muvaffaqiyatlariga yuksak baho berildi.

– Birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz natijasida ilgari tarqoq bo‘lgan Markaziy Osiyo bugungi kunda taraqqiyotning umumiy maqsadlari yoʻlida birlashmoqda, – dedi Prezidentimiz.

Mamlakatimiz yetakchisi murakkab va oldindan bashorat qilib boʻlmaydigan xalqaro voqelikni tahlil qilar ekan, uchrashuv ishtirokchilarini qatʼiyat bilan harakat qilish va oʻzaro muvofiqlashuvni yanada kuchaytirishga chaqirdi. Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, Ozarbayjonning Maslahat uchrashuvlari formatiga qoʻshilishi oʻzaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi – makromintaqaviy darajaga olib chiqmoqda.

– Biz uchun Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va yaqin qoʻshnimiz – Afgʻonistonni birlashtiruvchi yagona taraqqiyot makonini shakllantirish borasida tarixiy imkoniyat ochilmoqda, – dedi Oʻzbekiston yetakchisi.

Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon oʻrtasida barqaror rivojlanish, oʻzaro bogʻliqlik va yaxshi qoʻshnichilik uchun mustahkam zamin yaratish maqsadida mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha nuqtayi nazarini bayon qildi.

Avvalo, mintaqaviy hamkorlikning barqaror arxitekturasini shakllantirishga oʻtish muhimligi taʼkidlandi. Uning tuzilishi hamkorlikning samarali institutlari, tarmoq idoralarining yaqin munosabatlari, hududlarning toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalari hamda rivojlanishning asosiy yoʻnalishlaridagi uzoq muddatli qoʻshma dasturlarga tayanishi zarur.

Mintaqaning xalqaro subyekt sifatidagi maqomini mustahkamlash uchun davlatlararo tashkilotlar va “Markaziy Osiyo plyus” formatlari doirasida o‘zaro muvofiqlashtiruvni kuchaytirish lozimligi qayd etildi.

Savdo-iqtisodiy va transport sohasidagi oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash, uzluksiz sanoat-texnologik zanjirlarni kengaytirish, umumiy raqamli xizmatlarni rivojlantirish hamda investitsiya platformalarini ishga tushirish boʻyicha kelgusi qadamlarni puxta ishlab chiqish talab etiladi.

Markaziy Osiyoni kadrlar salohiyati, sunʼiy intellekt texnologiyalari, data-markazlar va energetika quvvatlarini birlashtirgan yaxlit infratuzilmani yaratish orqali taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar boʻyicha raqobatbardosh xabga aylantirish masalasi istiqbolli vazifalar qatorida koʻrsatib oʻtildi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish har doim mintaqaviy kun tartibining ustuvor yoʻnalishi boʻlib kelgani va shunday boʻlib qolishi alohida taʼkidlandi. Yagona tabiiy makonimizda yuzaga kelayotgan tahdidlar chegara bilmaydi, shunday ekan ularga javob choralari ham umumiy boʻlishi kerak.

– Joriy yilgi yozning anomal darajada issiq kelishi iqlim oʻzgarishi allaqachon iqtisodiyot, suv va energetika xavfsizligi, odamlarning salomatligi va hayot sifatiga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir qiladigan omilga aylanib borayotganini yana bir bor koʻrsatdi. Ana shunday yangi xavf-xatarlarga birgalikda moslashish boʻyicha uzoq muddatli yechimlarni topish muhimdir, – dedi davlatimiz rahbari.

Hamkorlikning oʻzgarmas ustuvor yoʻnalishlari orasida gumanitar aloqalarga alohida eʼtibor qaratildi. Mintaqa xalqlari asrlar davomida yonma-yon yashagan, savdo-sotiqni rivojlantirgan, bilim va madaniy anʼanalar bilan oʻzaro almashgan. Hamkorlik chuqurlashgani sari hamjihatlik tuygʻusi ham mustahkamlanmoqda.

– Umummintaqaviy oʻziga xoslik, xalqlarimizning milliy oʻzligi saqlangan holda bosqichma-bosqich shakllanmoqda. Ishonchim komil, ushbu sohadagi ishlarning mohiyati sifat jihatidan oʻzgarishi xalqlarimiz oʻrtasidagi birlik, hamjihatlik va oʻzaro tushunish tuygʻusini mustahkamlaydi, – dedi mamlakatimiz yetakchisi.

Oʻzbekiston Prezidenti nutqining yakunida umumiy kuchimiz – birlik, oʻzaro ishonch va birgalikdagi yaratuvchanlikka qatʼiy intilishda ekanini yana bir bor taʼkidladi.

Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon yetakchilari ham soʻzga chiqib, mintaqaviy hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan oʻz qarashlarini bayon qildilar.

Sammit yakunida Choʻlponota deklaratsiyasi qabul qilindi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo