icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya hukumati Raisining birinchi o‘rinbosarini qabul qildi

23.08.2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 avgust kuni Rossiya Federatsiyasi hukumati Raisining birinchi o‘rinbosari Igor Shuvalovni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, I.Shuvalovni Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiyaning Rossiya tomonidan raisi etib tayinlangani bilan tabrikladi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida amaliy hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, yuqori texnologiyali sohalardagi investitsion loyihalar va yangi istiqbolli dasturlar ijrosini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

I.Shuvalov samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va hukumati Raisi Dmitriy Medvedevning salom va ezgu tilaklarini izhor etdi. Hukumat Raisining birinchi o‘rinbosari Rossiya Federatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi bilan keng ko‘lamli hamkorlikni bundan buyon ham strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida rivojlantirib, mustahkamlab borishga tayyor ekanini ta’kidladi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo