icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Turkman xalqining milliy yetakchisi O‘zbekiston Prezidentini samimiy tabrikladi

24.07.2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkmaniston milliy yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Shuningdek, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Gurbanguli Berdimuhamedov Prezidentimizning tinimsiz mehnati va uzoqni ko‘zlab yuritayotgan siyosati tufayli O‘zbekiston yangi marralarni zabt etayotgani, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarda salmoqli taraqqiyotga erishayotganini alohida ta’kidladi.

Suhbatda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro ishonch va umumiy manfaatlarni hisobga olish tamoyillariga asoslangan ko‘p qirrali hamkorlik sur’ati ortib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Barcha darajalarda faol muloqotlar davom ettirilmoqda. Yaqinda Ashxobodda o‘tgan siyosiy maslahatlashuvlarning samarali yakunlari yuksak baholandi.

O‘zaro tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmi jadal o‘sib bormoqda. “Shovot-Toshovuz” savdo zonasining samarali faoliyati ham o‘zaro savdo hajmini oshirishga xizmat qilmoqda.

Energetika, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi, transport sohalarida kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Parlamentlararo, hududlararo, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuvlarni yanada kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Mintaqaviy kun tartibini, shu jumladan, joriy yil kuzda Avaza shahrida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish doirasida muvofiqlashtirish va ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo