Oʻzbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi oʻtkazildi
02.07.2026
Tbilisi shahrida Gruziya Prezidentining qarorgohi – Orbeliani saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
Davlatimiz rahbarini Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili samimiy qarshi oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga qarorgoh oldidagi maydonda ikki mamlakatning davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi.
Davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar harbiy orkestr sadolari ostida faxriy qorovul safi oldidan oʻtdilar.
Birgalikda suratga tushildi.


