icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga

26.06.2026

Qadrli doʻstlar!

Siz, azizlarni – mamlakatimizning bosma va internet nashrlari, teleradiokanallar, axborot va media xizmatlarida, nashriyot va matbaa korxonalarida sidqidildan mehnat qilayotgan ijodiy va texnik xodimlarni, zahmatkash jurnalistlar, muhtaram faxriylarni kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Men sizlarni – yuksak bilim va salohiyatga ega, vatanparvar barcha jurnalistlarni oʻzim uchun doimiy maslakdosh, jonkuyar doʻst deb bilishimni yana bir bor izhor etaman.

Bu yil ushbu qutlugʻ ayyom milliy matbuotimiz asosi – jadid bobolarimiz tomonidan “Taraqqiy” gazetasi tashkil etilganiga 120 yil, yurtimizda radioeshittirishlar ilk bor tajriba tariqasida uzatilganiga 100 yil toʻlgan kunlarda nishonlanayotgani unga alohida shukuh bagʻishlamoqda.

Biz bundan oʻn yil oldin demokratiya, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari, “Inson qadri uchun, inson baxti uchun!” degan ezgu gʻoyaga tayangan holda Yangi Oʻzbekistonni qurishga kirishgan edik. Oʻtgan qisqa davrda koʻp millatli xalqimizning fidokorona va sharafli mehnati bilan bu borada ulkan yutuqlarni qoʻlga kiritdik.

Jumladan, jamiyatimizda soʻz erkinligini taʼminlash, ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash, davlat organlari faoliyatining ochiqligini kengaytirish, axborot sohasini raqamlashtirish va zamonaviy mediamakonni shakllantirish borasida eʼtiborga loyiq ishlar amalga oshirilmoqda.

Yaratilgan mustahkam huquqiy asos, berilgan imtiyoz va preferensiyalar natijasida sohaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, uning tarkibida xususiy sektorning ulushi yildan yilga oshib bormoqda. Hozirgi kunda qariyb 2 ming 700 ta ommaviy axborot vositalarining 67 foizi, noshirlik subyektlarining 90 foizdan ortigʻi, matbaa korxonalarining 83 foizi nodavlat sektor hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Joriy yilda nashriyotlarning ishlab chiqarish quvvati oʻtgan yilga nisbatan ikki barobar ortib, oʻrtacha 15 ming nomdagi jami 60 milliondan ortiq nusxada kitoblar nashr etildi.

Mazkur koʻrsatkichlar mamlakatda axborot sohasini liberallashtirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish, media faoliyatini qoʻllab-quvvatlash ishlari hamda axborot xizmatlari bozori kengayib borayotganidan dalolat beradi.

Axborot oqimi keskin ortib, dipfeyk texnologiyalari keng tarqalayotgan bugungi davrda manbalarning ishonchli ekaniga alohida eʼtibor qaratish mamlakatimizda ham muhim koʻnikmaga aylandi. Qisqa vaqtda turli media loyihalar orqali 10 ming yoshni qamrab oladigan zamonaviy taʼlim tizimi shakllantirildi.

Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Biz erkin va masʼuliyatli, xalqchil jurnalistikani jamiyat va davlat rivojlanishining zarur shartlaridan biri deb bilamiz. Bu borada ommaviy axborot vositalari xodimlari faoliyati uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish, ularning huquq va manfaatlari himoyasini kuchaytirish, kasb mahorati va malakasini oshirish, jumladan, ijtimoiy himoyasini taʼminlash, mehnatini ragʻbatlantirish, sogʻligʻini mustahkamlash va yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan yangi chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi faoliyatini takomillashtirish, uning nufuzini oshirish va islohotlar jarayonidagi ishtirokini kengaytirish zarur deb oʻylayman. Nega deganda, tez oʻzgarayotgan bugungi davrning oʻzi ushbu jamoat birlashmasi oldiga yangi va dolzarb vazifalarni qoʻymoqda. Jurnalistlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga huquqiy va informatsion-texnologik yordam koʻrsatish, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda kasbiy birdamligini taʼminlash kabi masalalarga jiddiy eʼtibor qaratishni hayotning oʻzi taqozo etmoqda.

Bu borada ilk bor mamlakatimiz boʻylab uch oy davomida 12 mingdan ortiq soha vakillari, jumladan, yosh jurnalistlarni jalb qilgan holda oʻtkazilgan Media haftalik tadbirlarini kelgusida ham davom ettirish muhim ahamiyatga ega.

Men mamlakat rahbari sifatida milliy ommaviy axborot vositalarimiz davlat va jamiyat oʻrtasida mustahkam koʻprik vazifasini bajarish barobarida xalqimizni umummilliy manfaatlar asosida birlashtiradigan, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimizni ezgu maqsadlar sari yetaklaydigan qudratli maʼnaviy kuchga aylanishi uchun barcha yordam va koʻmakni koʻrsatishga doimo tayyorman.

Muhtaram matbuot ahli!

Fursatdan foydalanib, bugungi quvonchli sana munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan soha xodimlarini chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Sizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor qutlab, barchangizga mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt-saodat, faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar tilayman.

Qalamingiz hamisha oʻtkir, soʻzingiz haqqoniy va taʼsirchan, ijodingiz barakali boʻlsin!

 

Shavkat Mirziyoyev,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo