icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston Prezidenti Malayziya Bosh vaziri bilan uchrashuv oʻtkazdi

16.06.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizda toʻxtab oʻtgan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Samimiy muloqotda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, ularni amaliy mazmun bilan boyitish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Oliy darajadagi oʻzaro tashriflar natijasida mamlakatlarimiz hamkorligi mutlaqo yangi bosqichga koʻtarildi. Xususan, yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga oʻsdi, qoʻshma korxonalar soni esa 50 taga yetdi. Turli darajalarda faol muloqotlar davom etmoqda.

Davlatimiz rahbari ayni kunlarda Oʻzbekistonda boʻlib turgan Malayziyaning “Petronas” korporatsiyasi delegatsiyasi bilan muzokaralarning ahamiyatiga toʻxtalib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida strategik loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish zarurligini qayd etdi.

Jumladan, neft-kimyo, yuqori texnologiyalar, qishloq xoʻjaligi, mashinasozlik, farmatsevtika va boshqa ustuvor sohalardagi loyihalarni ilgari surishga eʼtibor qaratildi.

Muloqot davomida islom moliyasi, hududlararo aloqalar, ziyorat turizmi, toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar sonini oshirish hamda madaniyat almashinuvlari yoʻnalishlaridagi hamkorlik istiqbollariga ham toʻxtalib oʻtildi.

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimni Oʻzbekistonga alohida tashrif bilan kelishga taklif qildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo