icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Havo hujumidan mudofaa va harbiy aviatsiya tizimini transformatsiya qilish choralari koʻrib chiqildi

08.06.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev mudofaa sohasidagi ayrim masalalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Soʻnggi yillarda Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni rahbarligida mamlakatimiz mudofaa tizimi rivojlanishning yangi bosqichiga koʻtarildi. Xususan, havo sarhadlarimizni mustahkamlash, chegaralar daxlsizligini ishonchli himoya qilish maqsadida Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari izchil isloh qilinmoqda.

Islohotlar natijasida qoʻshinlar zamonaviy aviatsiya texnikalari, havo hujumidan mudofaa tizimlari va uchuvchisiz uchish apparatlari bilan taʼminlanmoqda. Amaliy parvoz mashgʻulotlari koʻlami bir necha barobar oshirilib, aviatsiya boʻlinmalarining jangovar shayligi mustahkamlanmoqda.

Taqdimotda zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega, vatanparvar va professional milliy kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Qarshi shahrida joylashgan Harbiy aviatsiya institutining oʻquv-moddiy bazasi xalqaro taʼlim standartlari asosida jihozlangan edi.

Institutda zamonaviy oʻquv trenajyorlari, modellashtirish va simulyatsiya vositalari joriy etilgan. Nazariya va amaliyot uygʻunligida tashkil etilayotgan mashgʻulotlar kursantlarga aviatsiya sohasini chuqur oʻzlashtirish imkonini bermoqda. “Ustoz-shogird” anʼanasi asosida kursantlar “Xonobod” aerodromida tajribali mutaxassislar koʻmagida amaliy koʻnikmalarini mustahkamlamoqda.

Taqdimotda havo sarhadlarini himoya qilishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, aviatsiya boʻlinmalarini zamon talablariga mos ravishda qayta tashkil qilish boʻyicha taklif etilayotgan chora-tadbirlar koʻrib chiqildi.

Bu ishlar Harbiy havo kuchlarining jangovar qobiliyati va amaliy imkoniyatlarini yanada oshirishga, qoʻshinlarning tezkorligi, harakatchanligi va zamonaviy tahdidlarga javob berish salohiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlikni rivojlantirish masalasi ham koʻrib chiqildi. Prezidentimizning joriy yil yanvar oyida Turkiyaga tashrifi davomida ikki mamlakat hukumatlari oʻrtasida harbiy tibbiyot sohasida taʼlim va hamkorlik bitimi imzolangan edi.

Taqdimotda ushbu bitim doirasida amalga oshirilishi taklif etilayotgan choralar haqida axborot berildi. Mutaxassislarni davolash ishi, stomatologiya, farmatsevtika, profilaktika, tibbiy kasb-hunar va hamshiralik oliy taʼlimi yoʻnalishlarida, magistratura va aspiranturada oʻqitish, harbiy shifokorlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, tibbiyotning ilmiy yoʻnalishlarida hamkorlik qilish, seminar, kongress va simpoziumlar oʻtkazish, oʻqituvchi, maslahatchi, ilmiy xodim va talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, qoʻshma mashgʻulotlar tashkil etish, bemorlarni birgalikda davolash hamda tibbiyot muassasalarini tashkil etish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Taqdimotda mudofaa ishlari organlarida chaqiriluvchilarni qayd etish, tibbiy va chaqiruv komissiyalari faoliyatini raqamlashtirish boʻyicha takliflar ham koʻrib chiqildi. Mazkur jarayonlarning shaffofligi va tezkorligini oshirish, fuqarolar uchun qulaylik yaratish muhimligi taʼkidlandi.

Shu bilan birga, mudofaa ishlari organlari fuqaro xodimlarining ish haqini bosqichma-bosqich oshirish, harbiy xizmatchilarga Toshkent va Samarqand shaharlarida turar joy ijarasi uchun toʻlanadigan har oylik pul kompensatsiyasi miqdorini koʻpaytirish boʻyicha takliflar bildirildi.

Prezidentimiz qoʻshinlarning jangovar shayligi va tayyorgarligini oshirish, harbiy boshqaruv va taʼlim tizimiga ilgʻor tajribalarni joriy etish boʻyicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Mutasaddilarga harbiy taʼlim tizimidagi islohotlarni izchil davom ettirish, askarlarni kasbga oʻrgatish, ularni oliy taʼlim muassasalariga tayyorlash va buning uchun munosib sharoitlar yaratish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo