icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Turkiy davlatlar tashkiloti Sudyalar kengashlari rahbarlarining IV yig‘ilishi ishtirokchilariga

22.05.2026

Hurmatli anjuman ishtirokchilari!

Avvalambor, siz, azizlarni turkiy sivilizatsiyaning qadimiy markazlaridan biri bo‘lgan ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahrida chin dildan tabriklashdan baxtiyorman.

Hech shubhasiz, ushbu yig‘ilishning doimo adolat tamoyillariga tayanib ish yuritgan Sohibqiron Amir Temur saltanatining poytaxtida, ul zotning 690-yillik qutlug‘ tavallud sanasi xalqaro miqyosda keng nishonlanayotgan kunlarda bo‘lib o‘tayotgani anjumanga alohida shukuh bag‘ishlamoqda.

Jahon hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzi tobora ortib borayotgan Turkiy davlatlar tashkilotining bugungi kunda turkiy birlik va taraqqiyot borasida muhim rol o‘ynayotgani barchamizga yuksak g‘urur va iftixor yetkazadi.

Muhtaram do‘stlar!

Turkiy davlatlar tashkiloti faoliyatida qonun ustuvorligini ta’minlash, samarali boshqaruv va inson huquqlarini himoya qilish masalalari alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa, dunyoning geosiyosiy xaritasida tub o‘zgarishlar yuz berayotgan, qarama-qarshiliklar ko‘lami, nizolar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab vaziyatda ana shu masalalarni birgalikda muhokama qilish va bu borada samarali yechimlar topish dolzarb ahamiyatga egadir.

Albatta, mamlakatlarimiz hayotida adolat va qonun ustuvorligini ta’minlovchi, inson huquqlarini himoya qiluvchi va kuchli sudyalar korpusini yaratishda Sudyalar kengashlaridan umidimiz katta.

Ayni shu jihatdan qaraganda, bugungi yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar Kengashlarning istiqboldagi faoliyatida yangi yo‘nalishlarni belgilab beradi, deb ishonaman.

Xususan, anjuman doirasida imzolanishi kutilayotgan A’zo davlatlarda Sudyalar odobining umumiy prinsiplari to‘g‘risidagi o‘zaro anglashuv memorandumi turkiy xalqlarning tarixiy-huquqiy an’analari umumiyligi va sud tizimlari o‘rtasida mushtarak axloqiy mezonlar hamjihatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, bu muhim hujjat sudyalarning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan xulq-atvor mezonlarining ahamiyatini e’tirof etib, milliy huquqiy an’analarga hurmat bilan yondashishni ham ko‘zda tutadi.

Ta’kidlash lozimki, joriy yilning 6-mayida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Odil sudlov akademiyalari forumida sud-huquq sohasida turkiy davlatlar ta’lim tizimini tashkil etishning minimal standartlariga oid xalqaro hujjat qabul qilindi.

Bu mamlakatlarimizda sudyalarni tayyorlashning yangi va universal tizimini joriy etishga qaratilgani bilan, ayniqsa, diqqatga sazovordir.

Qadrli anjuman qatnashchilari!

Sizlar Samarqand yig‘ilishida barcha davlatlar uchun ustuvor vazifalardan biri bo‘lgan qonun ustuvorligini ta’minlash hamda inson huquqlarini himoya qilishdek ezgu maqsadlar yo‘lida salmoqli natijalarga erishasiz, deb ishonaman.

Eng muhimi, bunday forumlar mamlakatlarimiz o‘rtasida strategik sheriklik, xalqlarimiz orasida yaqin do‘stlik va qardoshlik rishtalarini yanada kuchaytirishga, turkiy dunyoning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga xizmat qilishi, shubhasiz.

Sizlarni ushbu tadbirdagi ishtirokingiz bilan yana bir bor qutlab, g‘oyat sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan omadlar, mustahkam sihat-salomatlik, anjuman ishiga esa muvaffaqiyat tilayman.

 

Shavkat Mirziyoyev,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo