icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekistonlik hojilar xalqimizni duo qilmoqda

21.05.2026

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-may kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat muborak Qurbon hayiti arafasida, yurtdoshlarimiz Haj amallarini ado etayotgan qutlugʻ kunlarda boʻlib oʻtdi.

Davlatimiz rahbari muftiy hazratlari orqali muqaddas Makka shahrida boʻlib turgan barcha hojilarimizni Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklab, ularning el-u yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, yoshlarimizning baxt-u saodati yoʻlida qilayotgan ezgu duo va iltijolari qabul boʻlishini tiladi.

Taʼkidlanganidek, keyingi yillarda Yangi Oʻzbekistonda har yili 15 ming nafardan ziyod vatandoshimiz muborak Haj safariga bormoqda. Bu yil yana bir xayrli tashabbus amalga oshirilib, Vatan va xalq manfaati yoʻlida sidqidildan xizmat qilgan mehnat faxriylari, ularning oila aʼzolari, mahalla faollari, nuroniylar hamda kam taʼminlangan oilalar vakillaridan iborat 100 nafar yurtdoshimiz ilk bor davlat hisobidan Haj safariga yuborildi.

Prezidentimiz ziyoratchilarimizning salomatligi va kayfiyati haqida soʻradi, ibodatlarni bajarishi uchun tashkiliy ishlarning borishi bilan qiziqdi.

Muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar Makka va Madina shaharlarida ziyoratchilarimiz uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilayotgani, tashkiliy ishlar uyushqoqlik bilan oʻtayotganini taʼkidladi. Bundan qalbida shukronalik hissi joʻshgan yurtdoshlarimiz muqaddas joylarda turib, Yaratgandan mamlakatimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini soʻrab duolar qilayotganini qayd etdi.

Suhbatda mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar xalqimiz qalbi, maʼnaviyati va maʼrifatiga katta ijobiy taʼsir koʻrsatayotgani qayd etildi. Imom Buxoriy majmuasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Burhoniddin Margʻinoniy ilmiy-maʼrifiy va turizm majmuasi kabi yaqinda foydalanishga topshirilgan maskanlar ulugʻ ajdodlarimizning bebaho merosini keng targʻib etishga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.

Kuni kecha Qurbon hayitini yurtimizda oʻzgacha fayz va shukuh bilan nishonlash boʻyicha Prezident qarori qabul qilindi. Muborak ayyomni nishonlash bilan bog‘liq xayru saxovat va muruvvat tadbirlari ham amalga oshiriladi. Jumladan, ehtiyojmand aholi qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash, 10 mingdan ortiq bolalarga murakkab jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazish, 2 mingga yaqin ogʻir kasallikka chalingan yurtdoshlarimizni davolash uchun qoʻshimcha mablagʻlar ajratiladi. Masjid va qabristonlarni obod qilishga ham alohida resurslar yoʻnaltirilishi koʻzda tutilgan.

Davlatimiz rahbari hayotda koʻpni koʻrgan, duogoʻy hojilarimiz yurtga qaytgach, islom maʼrifati va sogʻlom eʼtiqodni xalqimizga, ayniqsa, yoshlarimizga teran yetkazishda, mahallalarda mehr-oqibat, hamjihatlik va maʼnaviy muhitni mustahkamlashda namuna boʻlishlariga ishonch bildirdi.

Suhbat yakunida Prezidentimiz barcha hojilarimizga salom yoʻllab, ularning savobli amallari qabul boʻlishini, yurtimizga sogʻ-omon qaytishlarini tiladi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo