Buyuk Britaniya fuqarolari – marhum Jon va Fillis Emili Le Bretonlarni O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
01.05.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniIkkinchi jahon urushi davrida, g‘oyat tahlikali vaziyatda, o‘z hayotlarini jiddiy xavf-xatarga qo‘yib bo‘lsa-da, Jersi orolidagi fashistlar konslageridan qochib chiqishga muvaffaq bo‘lgan o‘zbekistonlik askar Boqijon Akramovga o‘z uylaridan joy berib, uning jonini asrab qolganlari hamda ulkan jasorat va insonparvarlik fazilatlarini namoyon etganlari, dunyo xalqlari o‘rtasida tinchlik, do‘stlik va birodarlik g‘oyalarini targ‘ib etishda alohida o‘rnak ko‘rsatganlari uchun Buyuk Britaniya fuqarolari – marhum Jon va Fillis Emili Le Bretonlar O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev


