
Prezident hamdardlik bildirdi
12.08.2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qohira – Iskandariya temir yo‘l yo‘nalishida sodir bo‘lgan mudhish halokat natijasida ko‘plab insonlarning qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdul-Fattoh As-Sisiga hamdardlik bildirdi.