icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident Olmaliq shahrida qurilayotgan uy-joylar bilan tanishdi

11.08.2017

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan mamlakatimiz shahar va qishloqlarida namunaviy loyihalar asosida zamonaviy uy-joylar qurib foydalanishga topshirilmoqda. 

Davlatimiz  rahbari Olmaliq shahri markazidagi 5/2 massivida qurilayotgan 7 qavatli, 2 va 3 xonali turar-joy binolarini borib ko‘rdi. O‘n besh yilga imtiyozli ipoteka krediti asosida beriladigan mazkur uy-joylarda ayni paytda pardozlash ishlari olib borilmoqda. 

Bu kabi uylar g‘ishtdan qurilayogani har tomonlama foydali, dedi Prezidentimiz. Qishda issiq, yozda salqin bo‘ladi. Bundan tashqari, tabiiy ta’sirlarga chidamli. 

Davlatimiz rahbari mazkur uylarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Mutasaddilarga qurilish ishlarini sifatli bajarish, inshootlarni o‘z vaqtida qurib bitkazish va topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi. 

Prezidentimiz Olmaliq shahri aholisi bilan muloqot qildi.  Samimiy va ochiq o‘tgan suhbatda shahar faollari va yoshlar davlatimiz rahbariga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, hayotning turli jabhalarida aniqlanayotgan dolzarb masala va muammolar tezkorlik bilan hal etilayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo