03.03.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniMamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga ulkan ehtirom ko‘rsatish, davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, shuningdek, o‘zining samarali mehnati, boy bilim va tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida alohida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shayotgan xotin-qizlarni munosib taqdirlash maqsadida quyidagilar mukofotlansin:
«O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri» faxriy unvoni bilan
Bobomurodova Xosiyat - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Kariyeva Bernara Raximovna - O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya kafedrasi professori
Toshova Moyra Nabiyevna - Buxoro shahridagi «Shayxul Olam» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Buxoro viloyati
Toshpulatova Klara Bekpulatovna - Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining texnik bo‘limi standartlash bo‘yicha yetakchi muhandis-texnologi, Qashqadaryo viloyati
Xalikova Mukaddas Shamaksudovna - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
«Do‘stlik» ordeni bilan
Abdrasuliyeva Juzimgul Matekovna - Chimboy tumanidagi «Gujimli» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Aliyeva Zafara Jumabayevna - O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining amaliy san’at ashyolari bo‘yicha eksperti
Axmedjanova Nasiba Muratovna - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «O‘ztemiryo‘lmashta’mir» aksiyadorlik jamiyati elektr mashina sexi izolyatsiya ustasi
Axmedova Zarifa Nishonovna - Sharof Rashidov tumanidagi «Zomin asali» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati
Bakiyeva Narziniso Mirzoyevna - Bekobod tumanidagi «Boqiyeva Nazira» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati
Berdiyeva Barno Saitnazarovna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi a’zosi
Bobanazarova Jamila Xolmurodovna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator
Bryuxovetskaya Nadejda Vasilevna - «Uzbekistan Airways» aksiyadorlik jamiyatining texnologik bo‘limi boshlig‘i
Daminova Muxabbat Jabborovna - Sariosiyo tumanidagi «Orzu Daminzoda» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati
Ziganshina Dinara Ravilevna - Markaziy Osiyo davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasining ilmiy-axborot markazi direktori
Ibragimova Oliya Xojamberdiyevna - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining 1-Gidrometallurgiya zavodi kran mashinisti, Navoiy viloyati
Karimova Feruza Baxtiyorovna - H.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutining petrologiya laboratoriyasi boshlig‘i
Matviyenko Irina Aleksandrovna - «Nemolchi.uz» ijtimoiy loyihasi rahbari
Muxiddinova Umida Tulkunovna - Ijtimoiy himoya milliy agentligining nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i
Ro‘zmetova Nasiba Sharipovna - Xiva tumanidagi «Qo‘shchi kattabog‘» va «Istiqlol» mahalla fuqarolar yig‘inlari xotin-qizlar faoli, Xorazm viloyati
Ubaydullayeva Nigoraxon Qurvonaliyevna - Quvasoy shahar hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati
Urunbayeva Gulchexraxon Shokirovna - Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining organik dehqonchilik va o‘rmon melioratsiyasi kafedrasi professori, Andijon viloyati
Xamrayeva Muatar Kabildjanovna - Chilonzor tumanidagi «Gavhar» mahalla fuqarolar yig‘inining «Oqila ayollar» harakati rahbari, Toshkent shahri
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
Adilova Feruza Saibjanovna - «Tong yulduzi» gazetasi bosh muharriri
Ashirova Gulchexra Olimovna - Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining Xorazm viloyati hududiy bo‘limi direktori
Imamova Dilbar Babaqulovna - Samarqand shahar nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Samarqand viloyati
Karimova Barno Patxullayevna - Toshkent shahridagi «Iffatli kelin» o‘quv markazi ta’sischisi
Raxmanova E’tiborxon Abduraufovna - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘limi bosh mutaxassisi
Turayeva Salixa Dusanovna - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufidagi Guliston tumani axborot-kutubxona markazi direktori, Sirdaryo viloyati
Usmonova Xurinisa Sharapovna - Namangan davlat universitetining o‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori, Namangan viloyati
II darajali «Salomatlik» ordeni bilan
Abdullayeva Nilufar Ismatovna - Shofirkon tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining bosh patronaj hamshirasi, Buxoro viloyati
Qambarova Nigora Fattaxovna - Shahrixon tumanidagi «Shahrixon» oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori, Andijon viloyati
Mansurskaya Elvira Sabriyevna - Guliston shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi pediatri, Sirdaryo viloyati
Muxamedova Barno Farxadovna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari
«Sog‘lom turmush» medali bilan
Boboyeva Yuliya Leonidovna - Namangan viloyati suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining suzish bo‘yicha murabbiysi
Kuanishova Jamila Seylbek kizi - Uchquduq tumanidagi «Qulquduq» oilaviy shifokorlik punkti katta hamshirasi, Navoiy viloyati
Pazilova Muxoyoxon Yakubjonovna - Farg‘ona viloyati «Miss fitness» ayollar sog‘lomlashtirish markazi rahbari
Xalikova Xurshida Narzullayevna - Samarqand viloyati yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining dzyudo bo‘yicha murabbiysi
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
Jumayeva Sadbaroy Axatovna - Denov tumani ichki ishlar boshqarmasining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati
Ismoilova Iroda Xotam qizi - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy qism mutaxassisi
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
Muksinova Mahliyoxon Azizjon qizi - «Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktorining IT-xizmatlar eksportini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari
Muxtorova Madina In’omjon qizi - Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi talabasi, Jizzax viloyati
«Shuhrat» medali bilan
Abduvohidova Shaxnoza Abduganiyevna - «UZINFOCOM» mas’uliyati cheklangan jamiyatining raqamlashtirish bo‘yicha direktori
Azimova Zarnigor Shuxratovna - Navbahor tumanidagi «Beshrabot» mahalla fuqarolar yig‘inining kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimi, Navoiy viloyati
Atadjanova Yulduzxan Yuldashovna - Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining fortepiano o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Atayeva Mukaddas Matyakubovna - Urganch shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, gul yetishtiruvchi, Xorazm viloyati
Berdimbetova Gulsara Yesenovna - Qoraqalpog‘iston tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutining kimyo laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Bo‘ranova Aychurak Ravshanbekovna - Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «Flowers Anya» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati
Butayeva Zulayxo - Boyovut tumanidagi «Boyovut agropilla» mas’uliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Sirdaryo viloyati
Butayeva Inobat Yuldosh qizi - Chiroqchi tumani «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi bosh mutaxassisi, Qashqadaryo viloyati
Vohidova Noyira Rahimovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti laboratoriya mudiri
Jo‘rayeva Nilufar Davronovna - Boysun tumanidagi «Dream's Shahrinaz» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, hunarmand-kashtachi, Surxondaryo viloyati
Zaxidova Nazira Saloxiddinovna - Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi gid-tarjimoni, Samarqand viloyati
Ikramova Tamila Alisherovna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi «Axborot» bosh muharririyati katta muharriri
Kambaridinova Noila Mexrojovna - Toyloq tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Samarqand viloyati
Kudaybergenova Asiya Mirzali qizi - Zangiota tumani «Farobiy» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Toshkent viloyati
Kudratova Malika Mamatmuratovna - O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Do‘stlik tumani bo‘limi boshlig‘i, Jizzax viloyati
Mamadaliyeva Naibaxon Saydaminovna - O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar, davlat tili va ilmiy-tadqiqot masalalari bo‘yicha maslahatchisi
Mamatkulova Gulbaxorxon Axmedovna - Farg‘ona imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumining ishlab chiqarish ta’limi ustasi, Farg‘ona viloyati
Masimova Kunel Ilyasovna - Zarafshon shahridagi 15-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Navoiy viloyati
Muminova Zeboxon Rixsibayevna - Yunusobod tumanidagi «Nova school» nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Toshkent shahri
Normatova Lobarxon Xolmatovna - Rishton tumanidagi «Furqat» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati
Sozikina Yelena Gennadevna - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mutaxassisi
Tashbayeva Gulchexra Karabekovna - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mutaxassisi
Xalbayeva Gulandan Baltabayevna - Qo‘shko‘pir tumani ko‘zi ojizlar kutubxonasi mudiri, Xorazm viloyati
Xunarova Malaxat Xaydarovna - Angren shahridagi «Oydin central service» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
Xuramova Salima Jo‘rayevna - G‘uzor tumanidagi «G‘uzor qorako‘lchilik» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh cho‘poni, Qashqadaryo viloyati
Sharipova Laylo Frunzeyevna - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira
Shermatova Gulsara Tursunbayevna - Toshkent shahar Markaziy maydonlarni obodonlashtirish boshqarmasining ko‘kalamzorlashtiruvchi-gul ekuvchisi
Ergasheva Shaxnoza Agzamovna - Qibray tumanidagi «Po‘lat qadam» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Toshkent viloyati
Esanova Salomat Almardanovna - Qumqo‘rg‘on tumanidagi «Sayhon» oilaviy shifokorlik punkti doyasi, Surxondaryo viloyati
Yunusova E’tiborxon Abduxalilovna - Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Uychi tumani bo‘linmasi rahbari, Namangan viloyati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev


