icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari boʻlib oʻtgan muzokaralar natijalarini sarhisob qildilar

29.01.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Anqara shahrida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining toʻrtinchi yigʻilishi yakunlari yuzasidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot berdilar.

Davlatimiz rahbari soʻzining avvalida turkiyalik hamkasbiga koʻrsatilgan mehmondoʻstlik va kengash doirasidagi samarali muzokaralar uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Bugungi kunda Turkiya barcha sohalarda ulkan yutuqlarga erishayotgani va nafaqat musulmon dunyosida, balki global miqyosda ham haqli ravishda yuksak hurmat-eʼtibor qozongani alohida taʼkidlandi.

Keyingi yillarda Oʻzbekiston – Turkiya doʻstlik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Oʻtgan yili oʻzaro savdo hajmi 3 milliard dollardan, qoʻshma korxonalarning soni esa 2,2 mingtadan oshdi, oʻzlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmi qariyb 10 milliard dollarni tashkil etdi.

Ikki mamlakat oʻrtasida haftasiga 100 ga yaqin aviaqatnov amalga oshirilmoqda. Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida 9 milliard dollarlik loyihalar portfeli shakllantirilgan.

Kengash yigʻilishlarini muntazam ravishda oʻtkazish, Hukumatlararo komissiya va Strategik rejalashtirish guruhi mexanizmlaridan samarali foydalanish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilindi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqa nufuzli xalqaro tuzilmalar doirasidagi oʻzaro qoʻllab-quvvatlash amaliyoti davom ettiriladi.

Yetakchilar savdo hajmini, shu jumladan Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim doirasida tovarlar turini kengaytirish, ustuvor iqtisodiy tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash orqali 5 milliard dollarga yetkazishga kelishib oldilar.

Shuningdek, madaniy va gumanitar almashinuvlarni yanada kengaytirishga, xususan, birgalikda teatr va kino haftaliklari, badiiy koʻrgazmalarni oʻtkazish hamda ziyorat turizmini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Kengash yigʻilishi yakunlaridan kelib chiqib, ikki mamlakat hukumatlari tomonidan erishilgan kelishuvlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha keng qamrovli “yoʻl xaritasi” qabul qilinishi taʼkidlandi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2026 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo