O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Shveytsariyaga keldi
21.01.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Syurix shahriga keldi.
Syurix xalqaro aeroportida Prezidentimizni Birlashgan savdo-sanoat palatasi rahbari Dorit Probst kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, 22-yanvar kuni Davos shahrida mamlakatimiz yetakchisi AQSH Prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimida ishtirok etishi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.


