19.01.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniDavlat idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, o‘zining betakror iste’dodi, serqirra ijodiy faoliyati bilan xalqimiz badiiy tafakkuri, ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish, o‘zbek adabiyoti xazinasini tarixiy va zamonaviy mavzudagi yorqin asarlar bilan boyitish, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini aholi o‘rtasida targ‘ib etish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi katta xizmatlari, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki hamda tavalludining 70-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – Spichrayteri Sultonov Xayriddin Madriddinovichga «O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi» faxriy unvoni berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev


