icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Surxondaryoning salohiyatini yanada toʻliq ishga solish boʻyicha vazifalar belgilab berildi

24.12.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-dekabr kuni Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ish oʻrinlarini yaratish va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Yaratilgan shart-sharoitlar va berilgan imtiyozlar hisobiga soʻnggi sakkiz yilda viloyatga 3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilingan, 4 mingta sanoat korxonasi ishga tushirilgan. Sanoat hajmi ikki barobarga oshib, joriy yilda 17,2 trillion soʻmga yetishi kutilmoqda. Charm-poyabzal, zargarlik, qurilish materiallari va farmatsevtika kabi yangi tarmoqlar shakllangan.

Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha ham yaxshi natijalarga erishildi. Joriy yilda 126 ming oila kambagʻallikdan chiqarilib, kambagʻallik darajasi 9,3 foizdan 5,6 foizgacha pasayishi kutilmoqda. “Toʻpalang” suv omboridan quvur tortish orqali Sherobod, Boysun, Bandixon, Muzrabot, Oltinsoy, Angor, Jarqoʻrgʻon va Denov tumanlarida yashovchi 2 million aholining ichimlik suv muammosi toʻliq hal etilgan.

Shunga qaramay, boy tabiiy resurslari va yetarli infratuzilmasi boʻla turib, Surxondaryo viloyati sanoat, qishloq xoʻjaligi, xizmatlar va turizm sohalarida qator hududlardan ortda qolayotgani qayd etildi. Xususan, viloyatda sanoat ishlab chiqarish hajmi Sirdaryo viloyatiga nisbatan 1,5 karra, Jizzax viloyatidan 1,8 barobar va Xorazm viloyatidan 2 barobar kam.

Meva-sabzavot eksporti ham Samarqand, Toshkent viloyati, Fargʻona va Xorazm koʻrsatkichlaridan past. Viloyatdagi qazilma boyliklar 600 milliard dollarga baholangani, biroq bu salohiyatning hatto 10 foizi ham ishga solinmagani qayd etildi.

Shu munosabat bilan viloyatni investitsiya, ish oʻrni, aholi daromadi va eksport surʼatlari eng tez oʻsadigan hududga aylantirish vazifasi qoʻyildi.

Yigʻilishda kelgusi yilda viloyatda aniqlangan 114 ta qazilma konlari zaxirasi asosida yangi loyihalarni amalga oshirish zarurligi taʼkidlandi. Kelgusi yilda ushbu konlarda 3,2 milliard dollarlik 91 ta loyihani boshlash, shundan 2 milliard dollarlik qismini ishga tushirish rejalari belgilandi.

Shuningdek, drayver loyihalar infratuzilmasiga 175 milliard soʻm ajratiladi, buning hisobiga 1 trillion 200 milliard soʻmlik 36 ta loyiha amalga oshirilib, 9 mingta ish oʻrni yaratiladi.

Turizm sohasi muhokama qilinar ekan, viloyatda atigi 47 ta mehmonxona faoliyat yuritayotgani, 4 va 5 yulduzli yoki brend mehmonxonalar mavjud emasligi qayd etildi. Boysun, Sangardak va Omonxona kabi yuqori turistik salohiyatga ega hududlar imkoniyatlarini toʻliq ishga solib, mehmonxonalarning sonini koʻpaytirish, yangi turizm yoʻnalishlari va obyektlarini tashkil etish zarurligi qayd etildi.

Qishloq xoʻjaligida meva-sabzavot ishlab chiqarishning 60 foizi Denov, Sherobod, Qumqoʻrgʻon, Jarqoʻrgʻon, Muzrabot va Sariosiyo tumanlari hissasiga toʻgʻri kelayotgani qayd etildi. Kelgusi yilda Angor, Qiziriq, Termiz, Uzun hamda ixtisoslashgan boshqa tumanlarda ham eksportni koʻpaytirish boʻyicha aniq loyihalar ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.

Yigʻilishda Surxondaryo viloyati hokimi shu kabi imkoniyatlarni ishga solish boʻyicha rejalarini taqdimot qildi.

Davlatimiz rahbari hududda yoʻllarni taʼmirlash, uy-joy qurish va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash boʻyicha ham koʻrsatmalar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo