icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
To‘qimachilik sanoatida yil yakunlari hamda kelgusi ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi

23.12.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-dekabr kuni to‘qimachilik sanoatida 2025-yil yakunlari hamda kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Joriy yilda tarmoqda erishilgan natijalar, ishlab chiqarish va eksport ko‘rsatkichlarining o‘sish dinamikasi, shuningdek, 2026-yilga mo‘ljallangan maqsadli rejalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, 2025-yilda to‘qimachilik sanoatida ishlab chiqarish hajmi 134 trillion so‘mni tashkil etgan. Xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish 2,1 milliard dollarga yetgan. Eksport hajmi esa 2,5 milliard dollarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish ta’minlangan. Tarmoqda band aholi soni 623 ming nafarga yetgani, kelgusi yilda ushbu ko‘rsatkichni 650 ming nafargacha oshirish imkoniyati mavjudligi ta’kidlandi.

2026-yilda paxta xomashyosini qayta ishlashni yanada chuqurlashtirish hamda gazlama, trikotaj va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish ko‘zda tutilgan. Mahsulot ishlab chiqarish hajmini 147 trillion so‘mga, eksportni esa 3,3 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan.

Tarmoqqa 2,2 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilish reja qilingan. Buning evaziga 207 ming tonnalik sintetik, aralash ip, 397 million kvadrat metrlik gazlama, 224 million dona tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish hamda 108 million kvadrat metr mato bo‘yash bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlar barpo etiladi.

Shu bilan birga, tarmoqni barqaror rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan ayrim omillar ham qayd etildi. Xususan, paxta tolasiga bo‘lgan talabning bir qismi import hisobiga qoplanayotgani, moliyaviy resurslar qiymatining yuqoriligi, tashqi bozorlarda logistika xarajatlari ortishi va ayrim yo‘nalishlarda malakali mutaxassislar yetishmasligi soha oldida turgan dolzarb vazifalar sifatida ko‘rsatib o‘tildi.

Ushbu muammolarni hal etish maqsadida 2026-yil uchun aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Jumladan, korxonalarga aylanma mablag‘ uchun 200 million dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratish, 138 ta korxonani moliyaviy sog‘lomlashtirish, 100 ta yangi korxonani eksport faoliyatiga jalb qilish rejalashtirilmoqda.

Xalqaro standart va sertifikatlarni joriy etishga alohida e’tibor qaratiladi. “Better Work”, “BCI”, “FWF”, “Organic EU” kabi dasturlar 60 ta korxonada tatbiq etiladi, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari 15 ta korxonada joriy qilinadi. Shuningdek, tayyor mahsulotlar sifati bo‘yicha 24 turdagi tahlillarni o‘tkazuvchi zamonaviy to‘qimachilik laboratoriyasi tashkil etiladi.

Tarmoqda raqamlashtirishni jadallashtirish, ERP tizimlari va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish ko‘zda tutilgan. Bu jarayonga 40 ta korxona jalb etiladi.

Xorijiy hamkorlikni kengaytirish doirasida xalqaro sorsing kompaniyalari va yirik brendlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, marketing tadqiqotlari va xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish, xorijiy korxonalar relokatsiyasini rag‘batlantirish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olingan.

Davlatimiz rahbari taqdim etilgan yondashuvlarni ma’qullab, tarmoqda tayyor mahsulot ulushini izchil oshirish, mahsulot tannarxini pasaytirish, investitsiya va eksport salohiyatini to‘liq ishga solish bo‘yicha mas’ullar oldiga aniq vazifalarni qo‘ydi. Barcha chora-tadbirlar tarmoqni barqaror, raqobatbardosh va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqaradigan tizimga aylantirishga xizmat qilishi zarurligi ta’kidlandi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo