icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Akademik Abdulla Ubaydullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik

12.12.2025

Tibbiyot sohasidagi atoqli olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor Abdulla Muharramovich Ubaydullayev shu yil 9-dekabr kuni 91 yoshida vafot etdi.

A.Ubaydullayev 1934-yil 20-martda Toshkent shahrida tug‘ildi. O‘rta maktabni tugatganidan so‘ng Toshkent davlat tibbiyot institutida (hozirgi Toshkent davlat tibbiyot universiteti) tahsil oldi. Mehnat faoliyatini Toshkent shahridagi 1-klinik shifoxonada feldsher vazifasida boshladi. Keyinchalik Toshkent va Moskva shaharlarida aspirantura hamda doktoranturada o‘qib, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi. Ilm-fan sohasidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun 1995-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, 2000-yilda esa haqiqiy a’zosi etib saylandi.

A.Ubaydullayev qariyb 70-yillik mehnat faoliyati davomida Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti assistenti, dotsenti, fakultet dekani, Respublika ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi professori kabi mas’ul lavozimlarda fidokorona xizmat qilib, o‘zining yuksak ilmiy-pedagogik va rahbarlik salohiyatini namoyon etdi.

Butun hayotini aholi salomatligini muhofaza qilishdek sharafli ishga bag‘ishlagan tajribali olim mazkur yo‘nalishda yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash, O‘zbekistonda zamonaviy tibbiyot ilmini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shdi.

 Ayniqsa, ftiziatriya va pulmonologiya-epidemiologiya sohasida jonbozlik ko‘rsatib, sil va nafas olish yo‘llarining noan’anaviy kasalliklarini profilaktika qilish va davolash bo‘yicha dolzarb mavzularda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirdi, ko‘plab monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanmalar yozib, pulmonologiya va allergologiya yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekistonda yangi maktab yaratdi.

A.Ubaydullayev turli davrlarda O‘rta Osiyo pulmonologlari assotsiatsiyasi prezidenti, “Markaziy Osiyo pulmonologlari xabarnomasi” ilmiy jurnali bosh muharriri, Yevropa respiratorlar jamiyati, Sil va nafas yo‘llari kasalliklari xalqaro ittifoqi a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatib, mamlakatimizda va xalqaro ilmiy jamoatchilik o‘rtasida yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Jonkuyar olim ko‘plab yoshlarga ustozlik qildi, uning rahbarligida o‘nlab nomzodlik va doktorlik ishlari himoya qilindi.

Akademik A.Ubaydullayevning mamlakatimizda tibbiyot  sohasini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi.

Taniqli olim, yoshlarning mehribon ustozi, samimiy va kamtarin inson Abdulla Ubaydullayevning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

 

Sh.Mirziyoyev, T.Norboyeva, N.Ismoilov,

A.Aripov, Sh.Ayupov, A.Xudayarov

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo