Oʻzbekiston Prezidenti Ashxoboddagi xalqaro forumda ishtirok etadi
11.12.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 11-dekabr kuni amaliy tashrif bilan Ashxobodga joʻnab ketdi.
12-dekabr kuni davlatimiz rahbari Turkmanistonning doimiy betarafligi eʼlon qilinganining 30 yilligi, Xalqaro betaraflik kuni hamda 2025-yil “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb eʼlon qilinganiga bagʻishlangan xalqaro forumda ishtirok etadi.
Tashrif davomida Oʻzbekiston Prezidenti qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazadi.


