icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

09.12.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi tizimidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, soha rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, intensiv agrotexnik usullarni qo‘llash orqali yuqori hosildorlikka erishish, el-yurt farovonligini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, ilg‘or innovatsion texnologiyalar va zamonaviy ilm-fan yutuqlarini amaliyotga keng joriy etish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, mahsulotlarni sifatli qayta ishlash, yurtimiz eksport salohiyatini oshirish yo‘lidagi samarali faoliyati, malakali mutaxassislarni tayyorlash borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

 

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor» faxriy unvoni bilan

Abduraxmonov Abdunabi Abduraimovich - Sharof Rashidov tumanidagi «Qo‘rg‘ontepa» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Jizzax viloyati

Matniyozov Po‘lat Yoqubovich - Bog‘ot tumanidagi «Yoqub bobo o‘g‘li Omon» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Xorazm viloyati

 

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi» faxriy unvoni bilan

Komilov Tursunboy - To‘raqo‘rg‘on tumanidagi «Komilov Tursunboy» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi ish boshqaruvchisi, Namangan viloyati

Masharipov Uktam Rustamovich - Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

Ruziyev Zafar Sharopovich - Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

Sanoyev Yodgor  - Vobkent tumanidagi qishloq xo‘jaligi bo‘yicha «Xayrobod» hududi rahbari, Buxoro viloyati

G‘aniyev Shuxrat Madaminovich - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi

 

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator» faxriy unvoni bilan

Nadjimov Marat Faxriyevich - «O‘zsuvloyiha» aksiyadorlik jamiyati bosh direktori

Saidov Yusup Mamatovich - Uzun tumani «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi muhandis-gidrotexnigi, Surxondaryo viloyati

 

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi» faxriy unvoni bilan

Yusupova Gulbaxar Erkinovna - Beruniy tumanidagi «KKR Ipak Cluster» mas’uliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Gaffurov Xusanboy Abdullayevich - Oltiariq tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Farg‘ona viloyati

Dadajanov Abduvoxit Toshpulatovich - Uchqo‘rg‘on tumanidagi «Toshpo‘lat hoji ota» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Namangan viloyati

 

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Bekturayev Ummat Abbasovich - Xovos tumanidagi «Xovos gulshani» bog‘dorchilik yo‘nalishidagi mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Sirdaryo viloyati

Yormatova Dilarom - O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ekologiya va yashil resurslar kafedrasi mudiri

Ismoilov Farxodjon Voxobovich - Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

Komilova Zamira Shukulloyevna - «G‘ijduvon ipak tola» mas’uliyati cheklangan jamiyati hudud agronomi, Buxoro viloyati

Latipov Sultonboy Allayorovich - Davlatlararo «Amudaryo» irrigatsiya kanallari boshqarmasining Toshsoqa bo‘limi boshlig‘i, Xorazm viloyati

Madumarova Muxabbatxon Yusufjonovna - Ulug‘nor tumanidagi «Yusufjon yeri» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Andijon viloyati

Nishanbayev Saidkarim Abduxokimovich - O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

Normuradov Parda Boymirovich - G‘uzor tumanidagi «Pachkamar qorako‘lchilik» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh cho‘poni, Qashqadaryo viloyati

Raximova Manzura Rivojiddinovna - Norin tumanidagi «Norin agropilla» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati

Rizayev Abdurazok Mamanovich - Karmana tumanidagi «Sevoltepa ravnaqi» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Navoiy viloyati

Seyfullayev Baxtiyar Kemalovich - Taxtako‘pir tumani «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi yetakchi muhandis-gidrotexnigi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Tuxtakuziyev Abdusalim - Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining tuproqqa ishlov berish mashinalari laboratoriyasi mudiri

Uzakov Ulug‘bek Yuldashevich - Qashqadaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

Xasanova Muxabbat Mamaraximovna - Baxmal tumanidagi «Gulbuloq sabzavotlar makoni» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Jizzax viloyati

Xatamov Jaxongir Jurayevich - O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari

Xolmirzayev Dustmuxammad - Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining yaylov chorvachiligi, qorako‘lchilik, asalarichilik va ipakchilik kafedrasi professori

Chariyeva Xilal Dustmuratovna - Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining intensiv navlar seleksiyasi laboratoriyasi mudiri, Surxondaryo viloyati

Shenazarov Baxodir Mamanazarovich - «Norin-Farg‘ona» irrigatsiya tizimi boshqarmasi bosh mutaxassisi, Farg‘ona viloyati

Yusupov G‘afurjon - Bekobod tumanidagi «Yusupov Obid fayz» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi ish boshqaruvchisi, Toshkent viloyati

 

«Do‘stlik» ordeni bilan

Abdulazizov Oblaqul - «Mirza-Pay» irrigatsiya tizimi boshqarmasi kanallari katta muhandis-gidrotexnigi, Samarqand viloyati

Abdullayev Nurali Yusufaliyevich - Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori

Abdurayimov Jasurbek Odilovich - Baliqchi tumani hokimi, Andijon viloyati

Abillayev Urazbay - Don va sholi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi laboratoriya mudiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Darvishev Shavkat Turayevich - Do‘stlik tumani hokimi, Jizzax viloyati

Zaytov Ziyauatdin Imamatdinovich - Nukus tumani hokimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Zyaduloyev Abduraxim Norovich - Sariosiyo tumanidagi «Faxriddin asalchi» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati

Karimov Rahmon Qahorovich - Buxoro tumanidagi «Karim Qahhor» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Buxoro viloyati

Komilov Baxrom Urinovich - Farg‘ona viloyatidagi «Ferghana Spinning» paxta-to‘qimachilik klasteri rahbari

Qo‘ldasheva Muxtasarxon Abdumutalibovna - Buloqboshi tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Andijon viloyati

Mavlyanov Dusyar Irgashevich - Koson tumanidagi «Koson» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati

Oljabayeva Salixa Izbasarovna - Tomdi tumanidagi «Aldiyar-Qalanbay» tuyachilik fermer xo‘jaligi cho‘poni, Navoiy viloyati

Rashidova Dilbar Karimovna - Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining organik paxtachilik laboratoriyasi mudiri

Sayfudinova Shahnoza Shonazarovna - Mirzaobod tumanidagi «A  Master  fruit» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Sirdaryo viloyati

Umarov Xalimjon Komilovich - Quva tumani hokimi, Farg‘ona viloyati

Xamidullayev Abdulla - Bo‘stonliq tumanidagi «Escalade biznes invest» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent viloyati

Xolmuradov Akmal Arslanovich - Quyi Chirchiq tumani hokimi, Toshkent viloyati

Shukurov Alisher Nematullayevich - O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari

 

«Jasorat» medali bilan

Axmadqulov Muxammadzulun Muxammadali o‘g‘li - Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «Ahmadqulibek» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Andijon viloyati

Barotov Sobir To‘xtayevich - «Amu-Buxoro» irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi ekskavator mashinisti, Buxoro viloyati

Karimov Ikrom G‘ulomovich - Arnasoy tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Jizzax viloyati

Otepbergenov Sarsenbay Niyetbayevich - Qonliko‘l tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Rajabov Tursunpo‘lot Safarovich - Qiziltepa tumanidagi «Safarobod bog‘i» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Navoiy viloyati

Suvonov Nurmuxammat Bobomuradovich - Paxtachi tumanidagi «Mirzayev Shuhrat Kenjayevich» fermer xo‘jaligining g‘alla o‘rish kombayni operatori, Samarqand viloyati

Xasanov Avaz Tadjikulovich - Bekobod tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Toshkent viloyati

Hasanov Akbar Muhammadiyevich - Shahrisabz tumanidagi «Hasanov Akbar Muhammadiyevich» bog‘dorchilik yo‘nalishidagi mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati

Yaxyayev Utkirjon Tuychiyevich - Xovos tumanidagi «Saboxat Haydarovna» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati

 

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Axmedov Jamshid Baxtiyor o‘g‘li - Paxtakor tumanidagi «Bog‘ishamol tomorqa eksport» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati

Turdiyev Akbarali Usmon o‘g‘li - «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universitetining tayanch doktoranti

 

«Shuhrat» medali bilan

Abdulmitalipov Abdushukur Shuxratjon o‘g‘li - Bag‘dod tumanidagi «A.Madaminov» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi ish boshqaruvchisi, Farg‘ona viloyati

Ashirova Tajigul Allanazarovna - Ellikqal’a tumanidagi «Amirobod Mardoni» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Bozarov Ahror Xudaykulovich - Qarshi tumanidagi «Xudoyqulov Sarvarbek Ahrorovich» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati

Bozorboyev Toshqinboy Mutalibovich - Mingbuloq tumanidagi «Gulchehra Ozodbek Abdumutal» parrandachilik oilaviy korxonasi rahbari, Namangan viloyati

Djumanazarova Komila Saydaxmatovna - O‘rta Chirchiq tumanidagi «Dostonbek Azizbek agro» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati

Dosmuxamedova Muxayyo Xusnitdinovna - Toshkent davlat agrar universitetining umumiy zootexniya va zootexnologiyalar kafedrasi professori

Jobborov Burxonjon Abdusattorovich - Baliqchi tumanidagi «Burhon» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Andijon viloyati

Jumabayev Umirbek Sultanovich - Xonqa tumanidagi «Bog‘ibek Jonibek» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Xorazm viloyati

Ibodullayev Jumanazar Maxmatmurodovich - Mirishkor tumanidagi «Turon agrotexservis mashina-traktor parki» mas’uliyati cheklangan jamiyatining g‘alla o‘rish kombayni operatori, Qashqadaryo viloyati

Ilxambekov Kaxramon Kasimjonovich - Yuqori Chirchiq tumanidagi «Eco agro product» bog‘dorchilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati

Ismailov Maksud Koshnazarovich - To‘rtko‘l tumanidagi «Qo‘shnazar paxtakor» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Isroilov Abdurashid Abduraxmonovich - Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini boshqarish departamenti direktori

Ishpulatov Zokir Eshkurbonovich - O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari – Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori

Kadirov Mexroj Usmonovich - Samarqand tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Samarqand viloyati

Kuziyev Baxodir Tuxtayevich - Boyovut tumanidagi «Anvarbek Abbosbek» fermer xo‘jaligining paxta terish kombayni mexanizatori, Sirdaryo viloyati

Ko‘ldoshev Feruz Qo‘ldosh o‘g‘li - Kogon tumanidagi «Combo Profit» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati

Qosimov Akmaljon Malikjonovich - O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari

Mansurov Asror Mexriddinovich - Buxoro viloyatidagi «Qorako‘l kumush kalava» paxta-to‘qimachilik klasteri rahbari

Mirzayev Nuroli Abdiraimovich - Ko‘kdala tumanidagi «Chiroqchi istiqlol parrandachilik» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati

Muqimov Xasan Xursanovich - Angor tumanidagi «Ikki do‘st Surxon Angor» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati

Mo‘minov Isoq Murataliyevich - Jarqo‘rg‘on tumanidagi «Ergash bobo» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati

Muxtarova Jamila Shukurovna - Jomboy tumanidagi «Jomboy agropilla» mas’uliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Samarqand viloyati

Nadirov Abdukadir - Ohangaron tumanidagi «Taraqqiyot Baxtiyor» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati

Nematov Mannob Nuriddinovich - Qumqo‘rg‘on tumanidagi «Guliston» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati

Otamuratov Shonazar Sultanovich - Qo‘shko‘pir tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limining veterinariya uchastkasi mudiri, Xorazm viloyati

Ochilov Farhod Baxtiyarovich - Navbahor tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Navoiy viloyati

Raimqulov Rustam Nazarqulovich - Zafarobod tumanidagi «Forish yo‘llari» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Jizzax viloyati

Rasulov Tavakaljon Qodirjon o‘g‘li - «Norin-Qoradaryo» irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi ekskavator mashinisti, Andijon viloyati

Rasulov Toji Mamatxoliqovich - Sherobod tumanidagi «Rasulov Toji» anorchilik yo‘nalishidagi mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Surxondaryo viloyati

Raximov Axrorjon Ortikboyevich - Dang‘ara tumanidagi «Best cotton fields» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati

Raxmanova Zoxida Turgunovna - Sayxunobod tumani «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi bosh muhandisi, Sirdaryo viloyati

Raxmatov Odil Sharipxonovich - Uychi tumanidagi «Uychi parranda» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati

Rahmonov Muxiddin Mamurovich - Mirzaobod tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limining «Toshkent» veterinariya uchastkasi mudiri, Sirdaryo viloyati

Rashidov Shohruh Farhod o‘g‘li - Xatirchi tumanidagi «Xatirchi invest export» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Navoiy viloyati

Rizonov Azimxon Xolovich - Kattaqo‘rg‘on tumanidagi «Azimxon Rizonov» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Samarqand viloyati

Sauitbayev Marat Shayniyazovich - «Karmana-Konimex» irrigatsiya tizimi boshqarmasining Konimex tumanlararo gidrouchastkasi kanali boshlig‘i, Navoiy viloyati

Sobirov Muzaffar Ravshanbekovich - Qo‘shko‘pir tumanidagi «Muattar» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Xorazm viloyati

Turabov Kamolxon Ziyavidinovich - Uchko‘prik tumanidagi «Ziyovuddin ota orzusi» bog‘dorchilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati

Umarov Gulmurod Normurodovich - Jondor tumanidagi «Arjumanbonu chorvasi» parrandachilik klasteri boshlig‘i, Buxoro viloyati

O‘rinov Ikrom Shukurulloyevich - Olot tumanidagi «Shukrullo O‘rinov» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Buxoro viloyati

Usmonov Jo‘rabek To‘lanboyevich - Qo‘shtepa tumanidagi «Ismoil Jo‘rabek saxovati» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati

Xamraev Bobir Zoxir o‘g‘li - O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari

Xamidov Odil Raximjonovich - Piskent tumanidagi «Uch avlod» fermer xo‘jaligining paxta terish kombayni mexanizatori, Toshkent viloyati

Xasanova Zarafshon Matyokubovna - Xiva tumanidagi «Qiyot bioservis» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati

Xoliqov Qodirjon Dadamirzayevich - Kosonsoy tumanidagi «Namangan paxta teks» mas’uliyati cheklangan jamiyatining g‘alla o‘rish kombayni operatori, Namangan viloyati

Choriyev Azamat Mahammadiyevich - Qamashi tumanidagi «BBU-Azamat» dorivor o‘simliklar yetishtiruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Qashqadaryo viloyati

Shayzakov Ikrom Uralovich - Do‘stlik tumanidagi «Ilhom Sharif» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Jizzax viloyati

Sherov Erkin Kurbanovich - Pastdarg‘om tumanidagi «Eldor» chorvachilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Samarqand viloyati

Shuxratov Sardor Shuxratovich - Guliston tumanidagi «Jasur Sardor fayzi» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati

Erkinov Inxamjon Usmonovich - Jalaquduq tumanidagi «Mirjahon Asliddin dalasi» fermer xo‘jaligi suvchisi, Andijon viloyati

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo