icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Davlat boshqaruvini raqamli transformatsiya qilish va samaradorligini oshirishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida

28.11.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bosqichlarini maqbullashtirish, jismoniy va yuridik shaxslarga ortiqcha majburiyatlar yuklatilishining oldini olish, davlat tashkilotlari, aholi va biznes o‘rtasida 

raqamli muloqotni to‘laqonli yo‘lga qo‘yish va bu boradagi islohotlar samaradorligini oshirish maqsadida qaror qilaman:

1. 2026-yil 1-yanvardan boshlab davlat boshqaruvini raqamli transformatsiya qilish va samaradorligini oshirishga qaratilgan “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi (keyingi o‘rinlarda – Dastur) ishga tushirilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

(a) davlat xizmatlaridan tez va qulay foydalanish orqali fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash;

(b) tadbirkorlikni rag‘batlantirish, mamlakatning xorijiy investitsiyalar uchun jozibadorligini oshirish;

(v) raqamli boshqaruv va davlat boshqaruvi sohalarida mamlakatimizning ijobiy imijini shakllantirish;

(g) ortiqcha tartib-taomillarni bartaraf etish va jarayonlarning shaffofligini oshirish orqali suiiste’molchilik xavfini kamaytirish.

2. Dasturning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish maqsadida Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) huzurida loyiha ofisi (keyingi o‘rinlarda – Loyiha ofisi) tashkil etilsin hamda uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

(a) Dasturni muvaffaqiyatli amalga oshirish masalalari bo‘yicha xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

(b) Dastur doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritish;

(v) har yil yakunida vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi o‘rinlarda – davlat tashkilotlari) tomonidan davlat boshqaruvida byurokratiyani bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligini baholash, e’lon qilish hamda davlat tashkilotlari va tashabbuskorlarni rag‘batlantirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritish.

3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, byurokratiyani bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ko‘rib chiqish, bu borada amalga oshirilgan ishlarning samaradorligini baholash Agentlik operatori va mulkdori hisoblanadigan “Zero Bureaucracy” raqamli platformasi orqali amalga oshiriladi.

4. Dastur doirasida belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda aniq natijalarga erishish uchun davlat tashkilotlarining birinchi rahbarlari shaxsan mas’ul ekanligi ko‘rsatib o‘tilsin.

5. Agentlik bir oy muddatda:

(a) Loyiha ofisi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi uchun zarur tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin;

(b) “Byurokratiyani bartaraf etish” milliy mukofot tanlovini o‘tkazish reglamenti loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasiga kiritsin. Bunda mazkur tanlovni har yili o‘tkazib borish nazarda tutilsin;

(v) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda “Zero Bureaucracy” raqamli platformasi ishga tushirilishini va muntazam yangilab borilishini ta’minlasin.

6. Farmoyish ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimayi hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo