
O‘zbekiston Prezidenti "Boeing" bilan sheriklikni kengaytirish rejalarini qo‘llab-quvvatladi
22.09.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahrida “Boeing Global” kompaniyasi prezidenti Brendan Nelson bilan uchrashuv o‘tkazdi.
“Boeing” - dunyodagi eng yirik aviatsiya va kosmik texnika ishlab chiqaruvchilardan biri.
O‘zbekiston ushbu kompaniyaning ko‘p yillik strategik hamkori ekani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Bu galgi tashrif chog‘ida imzolangan “Boeing” samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnoma va uzoq muddatli hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni o‘z vaqtida amalga oshirish muhimligi qayd etildi.