icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti "Franklin Templeton" kompaniyasi bilan sheriklik kengayib borayotganini qayd etdi

22.09.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida “Franklin Templeton” kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Jenni Jonsonni qabul qildi.

Mamlakatimizda korporativ boshqaruv tizimini tubdan rivojlantirish maqsadida kompaniya bilan strategik sheriklikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

“Franklin Templeton” aktivlarni boshqarish va investitsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Dunyoning 30 mamlakatida 100 dan ortiq vakolatxonalari mavjud. Kompaniyaning bozor kapitallashuvi 12 milliard AQSH dollaridan oshadi. Qiymati 1,6 trillion AQSH dollaridan ziyod aktivlarni boshqaradi.

"Franklin Templeton" bilan qo‘shma investitsiya fondi tashkil etilib, davlatning strategik korxonalarini transformatsiya qilish va ularning aksiyalarini global fond bozorlarida joylashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Toshkent fond birjasi salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha uning mustaqilligi va shaffofligini mustahkamlash, fond bozorida investorlar huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini yaratish, yirik xalqaro depozit banklarini jalb qilish va raqamli platformalarni joriy etishni nazarda tutuvchi ekspertlik ko‘magini ko‘rsatish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Yirik davlat korxonalari samaradorligini oshirish va ularni IPOga chiqarish dasturlarini amalga oshirishdan manfaatdorlik bildirildi.

Shuningdek, kadrlar salohiyatini oshirish, "yashil" iqtisodiyot standartlarini joriy etish va samaradorlikni oshirishga e’tibor qaratgan holda davlat korxonalarini transformatsiya qilish uchun kompaniyaning tajribasi jalb etiladi.

Joriy yil oktyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Investorlar kuniga birgalikda puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligi qayd etildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo