icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti AQSHning yetakchi kompaniyalari bilan muhim minerallar sohasida sheriklikni rivojlantirish rejalarini muhokama qildi

22.09.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga tashrifi chog‘ida o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda AQSHning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.

Delegatsiya tarkibida uchrashuvda “Traxys” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Alan Dokter, Kolorado geologiya maktabi vitse-prezidenti Jon Bredford, “FLSmidth” kompaniyasi katta vitse-prezidenti Piter Flanagan, “McKinsey” kompaniyasining katta hamkori va Markaziy Osiyo bo‘yicha ofisi rahbari Yermolay Soljenitsin va “Go Green Partners” kompaniyasi bosh direktori Mixail Sedoy qatnashdi.

AQSHning ushbu yetakchi kompaniya va tashkilotlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

“Traxys” muhim xomashyo va minerallar, shu jumladan energetik o‘tish uchun zarur bo‘lgan xomashyo va minerallarni yetkazib berish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri hisoblanadi. Kompaniya bilan birgalikda geologiya-qidiruv va konlarni o‘zlashtirish sohasida 1 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar portfeli shakllantirilgan. Muhim minerallarni qazib olish, qayta ishlash va barqaror yetkazib berish zanjirlarini yaratish sohasida ilg‘or texnologiyalar va bilimlarni joriy etish bo‘yicha bitim va "yo‘l xaritasi" qabul qilindi.

Kolorado konchilik maktabi tog‘-kon sanoati uchun mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha yetakchi muhandislik universitetidir.

Ushbu ta’lim muassasasi bilan O‘zbekiston geologiya fanlari universiteti qoshida Kompetensiyalar markazini tashkil etish masalasi ishlab chiqilmoqda.

“FLSmidth” tog‘-kon va boyitish sanoati uchun texnologiyalar va uskunalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya mamlakatimiz mis sanoatini rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda.

“McKinsey” tog‘-kon sanoati korxonalarini boshqarish, konsalting va strategik rivojlantirish sohasida ilg‘or kompaniya hisoblanadi. Kompaniya bilan birgalikda mamlakatimiz xomashyo bazasini rivojlantirish, tog‘-kon sanoati quvvatlarini kengaytirish va uni chuqur transformatsiya qilish strategiyasi tayyorlandi.

“Go Green Partners” "yashil" energetika uchun muhim minerallarni qazib olish va qayta ishlashga sarmoya kiritishga ixtisoslashgan. Kompaniya istiqbolli maydonlarda geologik qidiruv ishlarini olib borishni rejalashtirmoqda.

Mazkur kompaniyalarning umumiy kapitallashuvi 20 milliard AQSH dollaridan oshadi.

Loyihalarni jadallashtirish va yangi takliflar tayyorlash maqsadida qo‘shma ishchi guruh tuzish va "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishga kelishib olindi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo