
18.08.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniMamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, yurtimizning iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini yuksaltirishda salmoqli natijalarga erishayotgani, tashabbuskorligi, zamonaviy bilim va tajribasini namoyon etib, investitsiyalarni jalb qilish, import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatishni yanada kengaytirish, aholi bandligi va farovonligini ta’minlash yo‘lida alohida jonbozlik ko‘rsatayotgani, shuningdek, o‘zining muhim ilmiy-amaliy ishlanmalari va innovatsion loyihalari bilan biznes sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgani uchun quyidagilar mukofotlansin:
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni bilan
Abdulloyev Kamol Talatovich - Samarqand shahridagi «Sam Antep Gilam» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati
Ismoilov Abdulxoshim Mamasobirovich - Andijon tumanidagi «Ravon taraqqiyot orzusi» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati
Mamatdjanov Farxod Faxritdinovich - «Uztex» to‘qimachilik korxonalari guruhi direktorlar kengashi raisi
Xashimov Zafar Kamilevich - Toshkent shahridagi «Anglesey Food» mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator» faxriy unvoni bilan
Raxmanberdiyev Gappar - Toshkent kimyo-texnologiya institutining sellyuloza va yog‘ochsozlik texnologiyasi kafedrasi professori
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan
Artikxodjayev Jaxongir Abidovich - Toshkent shahridagi «Akfa Group» kompaniyalar guruhi asoschisi
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Abdurayimov Boxodir Tursinovich - Chortoq tumanidagi «Chartak Mineral Water» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Namangan viloyati
Bobojonov Dilshod Maxmudovich - Shofirkon tumanidagi «Leichter Kamalak Textilien» qo‘shma korxonasi rahbari, Buxoro viloyati
Muxtorxonov Nuritdin Komolidinovich - Parkent tumanidagi «Meridian Tempo» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
Ruzemuxamedov Nurulla Sunnatullayevich - Olmazor tumanidagi «N'medov» kompaniyalar guruhi ta’sischisi, Toshkent shahri
«Do‘stlik» ordeni bilan
Abbosxo‘jayev Azizxo‘ja Avazxo‘ja o‘g‘li - Olmazor tumanidagi «Grand Pharm Trade» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
Abidov Temur Tashtemirovich - Shahrisabz shahridagi «Shakhrisabz Med Center» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati
Zokirov Farxodjon Latipovich - Xo‘jaobod tumanidagi «Xo‘jaobod Fayz-M» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati
Kasimbayeva Madina Anvarovna - Shayxontohur tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, kashtachilik-so‘zana ustasi, Toshkent shahri
Kurdiani Nikoloz - «TBC Uzbekistan» bosh direktori
Maxmudov Murabit Adilxanovich - Zomin tumanidagi «Zomin Brewery» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktorlar kengashi raisi, Jizzax viloyati
Nasirov Murod Rashodovich - Chilonzor tumanidagi «Group of Navbahor» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
Sadikov Rustam Nasirovich - Chilonzor tumanidagi «Tarleplast» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
Saliyeva Palzada Jiyenbayevna - Kegeyli tumanidagi «Arzio‘» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
To‘rayev Zafar Suyunovich - Urgut tumanidagi «SXF Big Stroy Building» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati
Ergashev Shuxrat Sharipovich - Bulung‘ur tumanidagi «Samarkand Garden plast» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktorlar kengashi raisi, Samarqand viloyati
«Shuhrat» medali bilan
Abduraxmanov Ilxomjon Tursunovich - Paxtakor tumanidagi «Paxtakor Teks» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati
Akramov Murod Ikramovich - Zangiota tumanidagi «Technologies of Real Time» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati
Aliyev Shuxratbek Erkinovich - Asaka tumanidagi «Baraka hamkor parranda» xususiy korxonasi rahbari, Andijon viloyati
Amonov Muxtar Raxmatovich - Buxoro davlat universitetining kimyo va neft-gaz texnologiyalari kafedrasi professori, Buxoro viloyati
Babakulova Yulduz Abdugaffarovna - Guliston tumanidagi «Yulduz Abdug‘afforovna» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati
Botirov Akram Gafurovich - Davlatobod tumanidagi «Interior Mega Max» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Namangan viloyati
Burxanxodjayev Saidazim Vaxidovich - Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi «ITF Group LLC» logistika kompaniyasi ijrochi direktori
G‘oziyeva Dilnoza Axmadjanovna - Yunusobod tumanidagi «Perfect Design Arh» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
Jalolov Elyorjon Madaminovich - Quva tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, gul yetishtiruvchi, Farg‘ona viloyati
Ilxomov Shuxrat Sharifovich - Qibray tumanidagi «Navruz International Corp» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati
Karabayev Muzaffar Maxamadaliyevich - «Datasite Technology» va «SiteLabs» kompaniyalari asoschisi
Kerimbayev G‘ayratdin Umarovich - To‘rtko‘l tumanidagi «115-To‘rtko‘l avtokorxonasi» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Komilov Nasimjon Qobiljonovich - Samarqand shahridagi «STD Health Med» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati
Kosimov Sayot Salimovich - Kogon tumanidagi «Kogon Mars Plyus» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati
Qodirov Muzaffar Muxitdinovich - Yashnobod tumanidagi «MEP Group» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
Mamutova Maxira Aminaddinovna - Nukus shahridagi «Good Cafe» oilaviy korxonasi rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Mahmatmurodov Sherzod Beknazarovich - Qamashi tumanidagi «Nurmanova Xurshida» sabzavotchilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati
Numanova Olga Leonidovna - «InFinBank» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi
Rajabov Botir Jo‘rayevich - Bandixon tumanidagi «Omad» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati
Rustamov Ulugbek Shaxzodovich - Toshkent shahridagi «Click» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari
Saidkamalov Noxid Nasirjanovich - Andijon shahridagi «Grand Tehnolog» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati
Safarov Mirjamol Abdisamatovich - Qarshi shahridagi «Qashqadaryo maxsus montaj servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati
Sultanmuratova Gulnora Urunovna - Urganch shahridagi «Star Kids Plus» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati
Tuxtaniyazov Botirjon Muxtarovich - Toshkent tumanidagi «To‘xtaniyoz ota» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati
Xakimov Mirxayot Mirxamidovich - Angren shahridagi «National Ceramics» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati
Xamidova Zarina Istamtoshevna - Nurota tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, hunarmand-kashtachi, Navoiy viloyati
Xikmatov Furkat Shuxratovich - Parkent tumanidagi «Batu Export» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati
Xodjayev Jasurbek Majidovich - Toshkent shahridagi Inha universiteti professori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev