28.07.2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, №PF-5122, 28 iyul 2017 yil
Mamlakatimiz sog‘likni saklash tizimidagi ko‘p yillik samarali va fidokorona mehnati, yurtimizda tibbiyot sohasini rivojlantirish, aholi salomatligini mustahkamlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, sohaga oid islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, zamonaviy davolash usullarini amaliyotga keng joriy etish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasidagi katta xizmatlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun hamda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi loyiha ilmiy rahbari Anis Lyutfullayevich Alyaviga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘likni saklash xodimi» faxriy unvoni berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev