
O‘zbekiston Prezidenti Mo‘g‘ulistonga jo‘nab ketdi
24.06.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan 24-iyun kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Ulan-Bator shahrida ikki tomonlama uchrashuvlar va oliy darajadagi tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston munosabatlarini yanada rivojlantirish va amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.