Shavkat Mirziyoyev O’zbekistonning Birinchi Prezidentini xotirlash tadbirida ishtirok etdi
27.07.2017
Bugun – Vatanimiz mustaqilligining 26-yillik bayrami arafasida yurtimizning barcha hududlarida Birinchi Prezidentimiz, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovni xotirlash tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Milliy urf-odatimizga binoan ushbu marosimlarda elga osh tortildi. Birinchi Prezidentimiz xotirasiga Qur’on tilovat qilinib, duoi fotiha o‘qildi.
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ana shunday marosimda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.