icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident Parkent tumani Guliston mahallasida yashovchi Aminjon ota Muhammadjonovning bog‘ida bo‘ldi

22.07.2017

74 yoshni qarshilagan Aminjon bobo umr yo‘ldoshi Ixtibor momo bilan besh farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazgan. Farzandlarining barchasi oliy ma’lumotli. Nuroniylar bugun 14 nevara, 3 evarasi ardog‘ida.

Aminjon ota farzandlari bilan "Zuhra ona plyus" xususiy korxonasini tashkil etgan. Mahalladagi qariyb 3 gektar yerda manzarali daraxtlar va butalar ekib, bog‘ yaratgan.

Shavkat Mirziyoyev bog‘ni kirib ko‘rdi. Shunday ajoyib bog‘ yaratgani, xorijdan ko‘chatlar olib kelib, yurtimiz sharoitida ko‘paytirayotgani uchun Aminjon boboga minnatdorlik bildirdi.

Odamning qo‘li gul degani mana shu, dedi davlatimiz rahbari. Bu bog‘ Vatanni sevishning, mehnatsevarlikning yaqqol namunasi. Otaxonning tajribasini o‘rganish, odamlarga ibrat qilib ko‘rsatish kerak. Bu kishi qishloq xo‘jaligi sohasidagi ta’lim muassasalarida dars bersin, odamlar kelib bu ishlarni o‘rgansin.

Prezidentimiz bog‘da mahalla faollari, nuroniylar bilan suhbatlashdi.

Davlatimiz siyosatining mazmun-mohiyati, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi, Toshkent viloyatini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan rejalar haqida so‘z yuritildi.

Nuroniylar xalq bilan muloqot qilib, inson manfaatlarini ta’minlashda shaxsan namuna bo‘layotgani, Toshkent viloyatini rivojlantirish, odamlar turmush farovonligini oshirishga qaratayotgan e’tibori uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo