icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Prezident Toshkent viloyatida amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari loyihasi bilan tanishdi

21.07.2017

Toshkent viloyati hududidan o‘tuvchi Toshkent-Sirdaryo avtomobil yo‘li bo‘yida yangi turar joylar, ijtimoiy soha obyektlari qurilishi mo‘ljallangan. Zangiota, Chinoz va Yangiyo‘l tumanlari hududidan o‘tuvchi yo‘l bo‘yida 1, 2, 3, 4 xonali uy-joylar qurilishi va joylashuvi loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. 

Loyihalarda uy-joylarning joylashuv sxemasi, ko‘rinishi, dizayni o‘z aksini topgan. 

Shu kungacha Toshkent viloyatining ma’muriy markazi yo‘q edi. Bugun bu ishga kirishmasak ertaga kech bo‘ladi, dedi Prezidentimiz. To‘ytepa shahrini viloyatning markazi sifatida qayta qurish tadbirlari amalga oshirilayotgani, bu borada xorijdan arxitektorlar taklif qilinganini ta’kidladi. 

Prezidentimiz loyiha bilan tanishar ekan, Toshkent-To‘ytepa yo‘li atrofida zamonaviy uy-joylar qurish, ijtimoiy soha obyektlarini zamon talablari darajasida barpo etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. 

Bugun To‘ytepa katta qurilish maydoniga aylangan. Toshkent viloyatining ma’muriy markaziga aylangan shaharda keng ko‘lamli qurilish ishlari olib borilmoqda. To‘ytepa shahrining bosh rejasi taqdimoti ham o‘tkazildi. Reja bo‘yicha uy-joylar, ma’muriy bino va inshootlar qurilishida binolarning tashqi ko‘rinishi va dizayniga alohida e’tibor qaratilgan. 

To‘ytepa shahrida joylashgan Toshkent viloyati hokimligi binosida Shavkat Mirziyoyev raisligida viloyat faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. 

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo