icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekistonda "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi

01.04.2025

3-4-aprel kunlari Samarqand shahrida "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan sammit ishida Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirok etadi.

"Kelajakka sarmoya kiritish" shiori ostida o‘tkaziladigan tadbirda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Yevropa investitsiya banki rahbarlari ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar va amaliy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

Investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, innovatsiyalar, "yashil" energetika, tog‘-kon, qishloq xo‘jaligi, transport, logistika va raqamlashtirish sohalarida qo‘shma dastur va kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, madaniyat, turizm, fan, ta’lim va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda faol almashinuvlarni davom ettirish masalalari diqqat markazida bo‘ladi.

Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashadilar.

Dasturga muvofiq, Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari va Yevropa Ittifoqining asosiy institutlari rahbarlari 4-aprel kuni o‘z ishini boshlaydigan Samarqand xalqaro iqlim forumining yalpi majlisida ishtirok etadi.

Bundan tashqari, sammit doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo