
01.03.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniO‘zining yorqin iste’dodi, yuksak ijro mahorati, ko‘p yillik samarali ijodiy faoliyati bilan o‘zbek qo‘shiqchilik san’ati va milliy madaniyatimizni rivojlantirish, uning shon-shuhratini dunyo xalqlari o‘rtasida keng targ‘ib etish, boy ma’naviy merosimizni asrab-avaylashga qo‘shgan munosib hissasi, yoshlarning qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, san’atga bo‘lgan mehrini oshirish, farzandlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi katta xizmatlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki hamda tavalludining 75-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalq artisti, «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi Yoqubov G‘ulomjon Tashpulatovich «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev