Prezident To‘laganovlar xonadonida mehmon bo‘ldi
15.07.2017
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumanidagi Islomobod mahallasida yashovchi Tohir va Shohista To‘laganovlar xonadonida mehmon bo‘ldi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, farzandlar tarbiyasi haqida so‘z yuritildi. Oiladagi barcha farzandlar hayotda o‘z o‘rnini topgan.
Oila faxri va farishtasi Shohaydar ota Shoismoilov mamlakatimizga tinchlik-osoyishtalik, xalqimizga yanada farovonlik, Prezidentimizga sog‘lik-omonlik tilab duo qildi.