icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumanidagi «Shifo Nur» ko‘ptarmoqli tibbiyot markazida shifokor va bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

15.07.2017

Davlatimiz rahbari Yunusobod tumanidagi «Shifo Nur» ko‘ptarmoqli tibbiyot markazida bo‘lib, shifokor va bemorlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Kattalar va bolalarni konservativ va jarrohlik yo‘li bilan davolash ishlarini yo‘lga qo‘yish, ushbu yo‘nalishda xorijning nufuzli klinikalari bilan hamkorlikni mustahkamlash, malakali mutaxassislarni jalb etish loyihasi bilan tanishdi.

Mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Tibbiyot sohasida xususiy sektorga keng o‘rin berilayotir. Bu borada Prezidentimizning 2017-yil 1-apreldagi «Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

«Shifo Nur» ko‘ptarmoqli tibbiyot markazi 2013-yilda tashkil etilgan. 36 o‘rinli markazda 60 dan ortiq malakali shifokor oftalmologiya, plastik jarrohlik amaliyotlari, pediatriya, kardiologiya, nevrologiya, ginekologiya, otolaringologiya, stomatologiya, fizioterapiya va optika yo‘nalishlari bo‘yicha aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.

Tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish kerak, dedi Prezidentimiz. Amaliyotga eng zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bilan birga, ulardan samarali foydalanishni ham ta’minlash,  shifokorlar bilimi va malakasini muttasil oshirib borish zarur.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo