icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Malayziyaga keldi

04.02.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning taklifiga binoan 4-fevral kuni kechqurun rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.

Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Malayziya parlamenti Vakillar palatasi spikeri Johari bin Abdul, ta’lim vaziri Zambri Abdulqodir va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

O‘zbekiston yetakchisining tashrifi sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi.

Prezidentimiz aeroportda Malayziya parlamenti spikeri bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Parlamentlar doirasida faol hamkorlik va almashinuvlarni davom ettirish, o‘zaro tashriflar va do‘stlik guruhlari tadbirlarini tashkil etish, qonun ijodkorligi masalalarida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, muhim investitsiyaviy, infratuzilmaviy, ijtimoiy va madaniy-gumanitar dasturlarni amalga oshirishga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tashrif dasturining asosiy tadbirlari ertaga, 5-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Prezidenti va Malayziya Bosh vaziri oliy darajada muzokaralar o‘tkazadi hamda O‘zbekiston-Malayziya biznes forumida ishtirok etadi. Sammit yakunida qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo