O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Malayziyaga jo‘nab ketdi
04.02.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning taklifiga binoan 4-fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Kuala-Lumpur shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ishbilarmonlik va madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.