icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

03.02.2025

3 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mudofaa vazirining qo‘shinlar jangovar shayligi va salohiyatini oshirish, qism va bo‘linmalarni har tomonlama tayyorlash, ularni zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Mudofaa sanoati agentligi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.

Mamlakat rahbariyati tomonidan armiyaning jangovar salohiyatini va shaxsiy tarkibning ma’naviy-ruhiy holatini har tomonlama mustahkamlash, qurol-yarog‘ va harbiy texnikani modernizatsiya qilish, shuningdek, mudofaa sanoati korxonalarini rivojlantirish borasidagi ishlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Jangovar va tezkor tayyorgarlik tadbirlarini jadallashtirish, harbiy korxonalarning ofitser kadrlari va muhandis-texnik tarkibini professional o‘qitish tizimini takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida davlatimiz rahbari Qurolli Kuchlarni yanada rivojlantirish va mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo