icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
Bandlik va investitsiya sohalari bo‘yicha axborot berildi

03.02.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-fevral kuni aholi bandligini ta’minlash va investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Bu borada dekabr va yanvar oylarida o‘tgan yig‘ilishlarda katta vazifalar belgilangan edi. Davlatimiz rahbari “2025-yil bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni kamaytirishda eng muhim va hal qiluvchi yil bo‘ladi” deya ta’kidladi.

Xususan, bu yil 5 million 200 ming aholini band qilib, 1,5 million odamni kambag‘allikdan chiqarish, 42 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etib, eksportni 30 milliard dollardan oshirish hisob-kitob qilingan.

Yig‘ilishda shu borada boshlangan ishlar va dastlabki natijalar haqida axborot berildi.

Yanvar oyida 277 ming fuqaro ishli bo‘lgan. Shundan 91 ming nafari doimiy ishga joylashgan, 153 mingi tadbirkorlikka jalb qilingan.

Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 32 ta yo‘nalishda yangi yondashuvlar joriy etilmoqda. Yaqinda vazirlik va hokimliklar mutaxassislaridan iborat guruhlar Xitoyga borib, tajriba almashib keldi. Endi joylardagi imkoniyatlar aholiga tushuntirilib, daromad topishga ko‘maklashiladi.

Ish o‘rinlari va investitsiya o‘zaro bog‘liq. Bu yil qariyb 14 milliard dollarlik 8 mingta loyihani amalga oshirib, 272 mingta doimiy ish joyi yaratish rejalashtirilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘tgan oyda yurtimizga 3 milliard dollar xorijiy investitsiya kelgan. Fevral oyida ham shuncha investitsiya olib kelish, 623 ta loyihani ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilishda loyihalar bo‘yicha manzilli ishlab, sur’atni keskin oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Yil boshidan buyon eksport hajmi 1 milliard 300 million dollarga yetgan. Mutasaddilarga xorijiy hamkorlar bilan ishlab, tadbirkorlarga tashqi bozorlarga chiqishga ko‘maklashish, yangi korxonalarni eksportga jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo