icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  • Ўзб
  • O‘zb
  • Рус
  • Eng

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • social-icons Telegram
  • social-icons Facebook
  • social-icons Instagram
  • social-icons Twitter
  • social-icons Youtube
icon

Sayt bo‘yicha qidiruv

icon
image_logo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
  • Prezident
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Administratsiya
  • Mediateka
  • Bog'lanish
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Ko‘rinish

A
A
A

Shrift o‘lchami

0% ga kattalashtirish
O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan hamkorlik jadal rivojlanayotganidan mamnunligini bildirdi    

13.12.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya-O‘zbekiston Ishbilarmonlar kengashi raisi, "ACWA Power" kompaniyasi raisi Muhammad Abunayyan bilan uchrashuvida Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekistonda "yashil energetika” sohasida strategik investor hisoblangan "ACWA Power" kompaniyasi bilan samarali sheriklik jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi. Bugungi kunga qadar umumiy qiymati qariyb 3 milliard dollarlik 4 ta loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilgan bo‘lib, joriy loyihalar portfeli 15 milliard dollarni tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, bugun bir qator qo‘shma loyihalarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi: Buxoro viloyatida quvvati 500 megavatt bo‘lgan 2 ta shamol elektr stansiyasi tarmoqqa ulandi, shuningdek, Samarqand viloyatida umumiy quvvati 1 gigavatt bo‘lgan 2 ta quyosh elektr stansiyasi va Toshkent viloyatida 334 megavatt quvvatga ega energiya saqlash tizimi qurilishiga start berildi.

Uchrashuvda energetika, transport va kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Qo‘shma Ishbilarmonlar kengashi faoliyati doirasida Saudiyaning yetakchi kompaniyalarini mamlakatimizga jalb qilish borasidagi ishlarni kengaytirish muhimligi qayd etildi.

logo-icon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.president.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2025 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Barcha huquqlar himoyalangan

Prezident
  • Maqom
  • Tarjimai hol
  • Mukofotlar
Voqealar
  • Yangiliklar
  • Majlislar
  • Hududlarga safarlar
  • Xorijga tashriflar
  • Xorijiy delegatsiyalar bilan uchrashuvlar
  • Nutqlar
  • Tabriklar
Hujjatlar
  • Farmonlar
  • Qarorlar
  • Farmoyishlar
  • Taraqqiyot strategiyasi
  • Tashabbuslar
Administratsiya
  • Administratsiya to‘g‘risida
  • Rahbariyat
  • Quyi tashkilotlar
Mediateka
  • Fotogalereya
  • Videogalereya

Bog'lanish

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqilgan:uzf-logo